Daryo

O‘zbekistonda asosiy stavka 15 foizgacha tushirildi

Markaziy bank asosiy stavkani 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 15 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi

1 daqiqa o‘qish21 240 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ayni paytda O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvining yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Unda asosiy stavkani 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 15 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2022-yilning 9-iyun kuni Markaziy bank asosiy stavkani foizga tushirib, 16 foiz etib belgilagan edi. 

2018-yil boshida yillik stavka 14 foiz etib tasdiqlagandi. 2019-yilda ushbu stavka 16 foizgacha ko‘tarilgan. 2020-yil mart oyida ham bazaviy stavka o‘zgarishsiz qoldirilib, 16 foiz deb belgilangandi.

Markaziy bank boshqaruvining 2020-yil 14-apreldagi qarori bilan asosiy stavka 1 foizga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilangan. 

Iyun oyida esa Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirishi haqida xabarlar tarqaldi, biroq 11-iyun kuni asosiy stavka bo‘yicha qaror qabul qilingan va u 15 foiz miqdorida o‘zgarishsiz qoldirilgandi.

2020-yil 10-sentabr kuni Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 1 foizga pasaytirib, 14 foiz etib belgiladi. 

2022-yil 17-mart kuni Markaziy bankning yig‘ilishida asosiy stavkani oshirish bo‘yicha qaror qabul qilib, 17 foiz etib belgilangan edi.

2022-yilning 9-iyun kuni Markaziy bank asosiy stavkani foizga tushirib, 16 foiz etib belgilagan edi. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar