Daryo

Yalpiz va sharbat qo‘shib tayyorlanadigan yaxna choy retsepti

Ichimlik muz va meva bo‘laklari bilan bezatilib, dasturxonga tortiladi

1 daqiqa o‘qish30 723 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Lifehacker nashri jaziramada ayni muddao bo‘lgan yaxna choy retsepti bilan bo‘lishdi.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • shakar — 200 gramm;
  • suv — 2 litr;
  • qora choy — 4 ta paket;
  • apelsin sharbati — 250 ml;
  • limon sharbati — 80-90 ml;
  • apelsin yoki limon — 1 dona;
  • muz, yalpiz.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Idishga shakar hamda 250 ml suv quyiladi va 5 daqiqa qaynatib olinadi.
  2. Sirop olovdan olinib, choy va to‘g‘ralgan yalpiz qo‘shiladi. Aralashtirilib, 10 daqiqaga qoldiriladi.
  3. Sirop suzgich yordamida choy va yalpizdan suzib olinadi.
  4. So‘ngra qolgan sovuq suv va sitrus sharbati bilan aralashtiriladi.
  5. Ichimlik muz va meva bo‘laklari bilan bezatilib, dasturxonga tortiladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar