Daryo

Jaziramada ayni muddao: Salqinbaxsh limonad tayyorlashning 3 xil retsepti

Ta’bga ko‘ra sitrus mevalarni bo‘laklab, limonadni bezang

1 daqiqa o‘qish21 780 ko‘rishlar0 izoh0

Williams Et Oliver brendining oshpazi Nadejda Lyubimova o‘zingiz tayyorlashingiz mumkin bo‘lgan tetiklantiruvchi ichimliklarning oddiy va mazali retseptlari bilan o‘rtoqlashdi.

Zanjabil-laymli sprits

Foto: Elle
Tarkibi:
  • Soda - 500 ml
  • Laym - 4 dona
  • Zanjabil - 20 g
  • shakar - 60 g
  • Suv - 20 ml
  • Muz
Tayyorlash usuli:
  1. Kichikroq idishda shakarga suv qo‘shib, to‘liq erimaguncha qizdiring. Laymlar sharbatini siqib, sirop sovishini kuting.
  2. Zanjabil ildizini tozalang va mayda qirg‘ichdan o‘tkazing. Zanjabilni elakdan o‘tkazib, laym sharbatini qo‘shing. Siropni ham qo‘shing.
  3. Grafinga muz solib, zanjabil-laymli siropni qo‘shing va ustiga soda soling.
  4. Ta’bga ko‘ra sitrus mevalarni bo‘laklab, limonadni bezang.
Greypfrut va rayhonli limonad
Foto: Elle
Tarkibi:
  • Greypfrut - 3 dona.
  • Rayhon - ½ bog‘
  • Shakar - 70 g
  • Suv - 20 ml
  • Soda - 300 ml
  • Muz
Tayyorlash usuli:
  1. Rayhonni blenderda maydalang, unga shakar va suv qo‘shing. Shakar eriguncha qaynating. Siropni sovuting.
  2. Greypfrutlardan sharbat siqib oling.
  3. Stakanga muz, rayhon siropi, greyfurt sharbati qo‘shing va soda bilan to‘ldiring.
Ko‘k choyli limonad
Foto: Elle
Tarkibi:
  • Ko‘k choy - 6 g
  • Limon - 3 dona.
  • Yalpiz - 1 dona
  • Olma - 1 dona.
  • Suv - 200 ml
  • Muz
Tayyorlash usuli:
  1. Ko‘k choyni qaynatib, sovishini kuting. Dokadan suzib oling.
  2. Limon sharbatini siqib, choy va yalpiz barglarini aralashtiring.
  3. Olmani bo‘laklab, grafinga soling. Muz va limonad bilan to‘ldiring.
Mavzuga doir:

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar