Daryo

Pomidor, baqlajon va pishloq qo‘shib tayyorlanadigan makaronli taom retsepti

Taomni qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq bilan bezating

1 daqiqa o‘qish19 204 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Lifehacker nashri barcha sevib iste’mol qiladigan makaronli taomning yangi retsepti bilan bo‘lishdi. Ushbu mazali taomni kechki ovqat yoki shunchaki garnir sifatida dasturxonga tortish mumkin.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • baqlajon — 1 dona;
  • o‘simlik moyi — 2 osh qoshiq;
  • piyoz — 1 dona;
  • pomidor — 700-800 gamm;
  • sarimsoq — 2 bo‘lak;
  • makaron mahsuloti — 250 gramm;
  • pishloq, tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Baqlajon o‘rtacha kattalikda to‘g‘rab olinadi. Ustiga tuz va ziravorlar sepilib, taxminan 15 daqiqa davomida 180 daraja pechda pishirib olinadi.
  2. Piyoz mayda to‘g‘raladi, pomidor va sarimsoq blender yordamida maydalanadi.
  3. Yog‘ o‘rtacha olovda qizdiriladi. Piyoz qizarguncha qovuriladi. Ustidan sarimsoq qo‘shilib, 30 soniya pishiriladi.
  4. Ustidan pomidor qo‘shiladi. Tuz va ziravorlar sepilib, 20 daqiqa davomida qaynatiladi.
  5. Baqlajon qo‘shilib, sous yana 10 daqiqa qaynatiladi.
  6. Makaron qadoqdagi ko‘rsatmaga muvofiq qaynatib olinadi.
  7. So‘ngra qaynab turgan sousga pishirilgan makaron solinadi va 1 daqiqadan so‘ng olovdan olinadi.
  8. Dasturxonga tortishdan avval taomga qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq sepiladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar