Daryo

Samarqandda tez yordam mashinasi va “Jiguli” to‘qnashib ketdi

YTHda hech kim tan jarohati olmagan

1 daqiqa o‘qish31 946 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

Samarqand viloyati Samarqand shahrida 17-iyun kuni “Vaz-2106” va tez yordam mashinasi o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Foto: Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

Qayd etilishicha, holat shu kuni Samarqand shahar Buyuk ipak yo‘li hamda Narpay ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan. “Vaz-2106” hamda Toyota tez yordam transport vositalari to‘qnashib ketgan. Voqea vaqtida tez yordam mashinasi ichida bemorlar bo‘lmagan.

YTH oqibatida mashinalarga shikast yetgan, jarohat olganlar yo‘q.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar