Daryo

Samarqandda soxta ichki ishlar xodimi qo‘lga olindi

U IIB xizmat kiyimida tushgan fotosurati mavjud bo‘lgan qalbaki guvohnomani o‘zi bilan olib yurgan

1 daqiqa o‘qish53 234 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan Omonqo‘ton YPX maskanida 2-iyun kuni soxta ichki ishlar xodimi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, IIV Shaxsiy tarkib bo‘yicha Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Olingan ma’lumotga asosan Cobalt avtomashinasi to‘xtatilgan. Mashinadagi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yashovchi shaxs (25 yoshli) Ichki ishlar organi xizmat kiyimida tushgan fotosurati mavjud bo‘lgan soxta xizmat guvohnomasini YPX xodimlariga taqdim etgan paytda ushlangan. Guvohnoma ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Andijonda fuqarolarning telefoni va pullarini o‘g‘irlagan soxta IIB xodimi ushlangani, Samarqandda qizga yaxshi ko‘rinish uchun IIB xizmat kiyimini noqonuniy kiygan yigit qo‘lga tushgani, Andijonda fuqarolardan pasport va nikoh guvohnomasi qildirib berish uchun pul olgan soxta IIB xodimi fosh bo‘lgani haqida xabar berilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar