Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘qituvchilari 1000 dollardan ko‘proq maosh olishi mumkin. Bu haqda 8-iyun kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Kenjayev ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Anjumanda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga pedagog-kadrlarni saralab olish jarayonlari haqida axborot berildi. Ta’kidlanishicha, maktablarga o‘qituvchilar uch bosqichda saralab olinadi. Respublika bo‘yicha 32 ming 476 nafar o‘qituvchi ariza topshirgan, ulardan 6 ming 640 nafari ishga qabul qilinadi.

Dilshod Kenjayevning aytishicha, maktab o‘qituvchilari 1000 dollardan ortiq maosh lishlari mumkin.

“Oxirgi 5yilda juda ko‘plab aynan pedagoglarni nufuzini, obro‘sini oshirish uchun qator hujjatlar qabul qilindi. Shulardan bittasi CEFR darajalarini olish, ikkinchisi bu toifalar olish. E‘tibor bersangiz ilgarigi 2016-yilgacha bo‘lgan holatdagi toifalar o‘rtasidagi farq bugungi toifalar o‘rtasidagi ya‘ni pul to‘lash nuqtayi nazaridan keskin farq qiladi. Ularning o‘rtasidagi tafovut ya‘ni pul, oylik nuqtayi nazaridan keskin oshgan. Bu bitta aspekti bo‘lsa, ikkinchisi Prezidentimiz tomonidan imzolangan farmonga asosan o‘qituvchilar Pedagogik mahurat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan imtihon oladi. Mahoratli o‘qituvchi, ustoz o‘qituvchi yoki professional o‘qituvchi seritifikatga ega bo‘lgan o‘qiutvchilarga – 50, 70 va 100 foiz ustama haqqi beriladi. Bundan tashqari, xalqaro setrifikatlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ustamalar mavjud. Shularni barchasini qo‘shganda 1000 dollar yoki undan ham ko‘proq oylik olishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, prezidentning “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, 193 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida tashkil etilgan. Shundan 168 tasi 2022/2023-o‘quv yilida o‘z faoliyatini boshlaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra narxlarini arzonlashtirish muhokama etildi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)
Mahalliy
Samarqandda fuqaro 5 tup qarag‘ayni kesib, tabiatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi