Daryo

Shavkat Mirziyoyev BAA prezidenti vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

Xalifa ibn Zayd al-Nahayon uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 73 yoshida vafot etdi

1 daqiqa o‘qish57 071 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Xalifa ibn Zayd al-Nahayon vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

O‘zbekiston prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi Shayx Muhammad ibn Zayd al-Nahayon va mamlakat vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad ibn Roshid al-Maktumga prezident Shayx Xalifa ibn Zayd al-Nahayonning vafot etgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.

Ma’lumot uchun, Xalifa ibn Zayd al-Nahayon uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 73 yoshida vafot etdi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar