Daryo

“Arsenal” “Inter” futbolchisi uchun 60 mln yevro taklif qilmoqchi

Unga “Manchester Yunayted”dan ham qiziqish bor

1 daqiqa o‘qish22 436 ko‘rishlar0 izoh0
MILAN, ITALY - FEBRUARY 5: Lautaro Martinez of FC Internazionale and Hakan Calhanoglu of FC Internazionale in action during the Italian Serie A championship football match FC Internazionale vs AC Milan at San Siro Stadium in Milan, Italy on 05/02/22. (Photo by Piero Cruciatti/Anadolu Agency via Getty Images)

Londonning “Arsenal” jamoasi “Inter” hujumchisi Lautaro Martinesga qiziqish bildirmoqda.

Foto: Getty Images

“Kanonirlar” argentinalik futbolchi uchun 60 million yevro taklif qilmoqchi, deya xabar beradi Ekrem Konur o‘z Twitter sahifasida.

“Manchester Yunayted” ham 24 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish istagida. Mankunianliklar Martinesning transferiga ayni damda “Sevilya”da ijara asosida to‘p surayotgan Antoni Marsyalni ham qo‘shmoqchi.

Avvalroq, Lautaroga “Atletiko” qiziqish bildirgani haqida xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, Martines 2018-yildan beri “Inter” sharafini himoya qilib keladi. U 2021/22-yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 45 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 21 ta gol va 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Lautaroning “nerazzurilar” bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilda o‘z nihoyasiga yetadi. Transfemarkt futbolchining narxini 70 million yevro etib belgilagan.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar