Daryo

Lautaro Martines “Inter”dan ketishi mumkin. Unga La Liga grandi qiziqish bildirmoqda

Hujumchi milanliklar loyihasida o‘zini asosiy o‘rinlarda ko‘rmayotgani aytilmoqda

1 daqiqa o‘qish33 714 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Lautaro Martines yozda “Inter”ni tark etishi mumkin.

Foto: Getty Images

La Repubblica nashrining xabariga ko‘ra, hujumchiga “Atletiko Madrid” qiziqish bildirmoqda. “Matraschilar” bosh murabbiyi Diyego Simeone rahbariyatdan 24 yoshli futbolchini jamoaga olib kelishni so‘ragan. Rahbariyat murabbiyning talabini bajarishga rozi, ammo futbolchi uchun “Inter”ga 60 million yevro to‘lamoqchi emas.

Shuningdek, Martinesning o‘zi ham jamoani tark etishi mumkinligini inkor qilmagan, chunki u “nerazzurilar”ning loyihasida o‘zini asosiy o‘rinlarda ko‘rmayapti.

“Inter” ham Lautaroning ketishiga qarshi emas. Milanliklar “Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala variantini ko‘rib chiqmoqda. Bundan tashqari, “Sassuolo” yarim himoyachisi Davide Frattezi va hujumchi Janluka Skamakka ham “Inter” nishonida bo‘lib turibdi.

Avvalroq Martinesning koronavirusga chalingani va Argentina terma jamoasining mart oyidagi o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Martines 2018-yildan beri “Inter” sharafini himoya qilib keladi. U 2021/22-yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 39 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 16 ta gol va 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar