Daryo

Iftorlikka yurakcha shaklidagi sariyog‘li pechenye tayyorlaymiz

Pechenyeni tayyorlash uchun ko‘p vaqt sarflash shart emas

1 daqiqa o‘qish31 892 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Hi-chef.ru”

Iftorlik hamda saharlik dasturxoni uchun ayni muddao bo‘lgan to‘yimli shirinlik.

Foto: “Hi-chef.ru”
Kerakli mahsulotlar:
  • un — 2 stakan;
  • sariyog‘ — 150 gramm;
  • tuxum — 1 dona;
  • shakar — 120 gramm;
  • ichimlik sodasi, tuz— 1 chimdim.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Sariyog‘ sanchqi yordamida yaxshilab ezib olinadi.
  2. Tuxum shakar bilan aralashtiriladi. Aralashmaga sariyog‘ qo‘shiladi.
  3. Olingan massaga un elakdan o‘tkaziladi.
  4. Yumshoq xamir qorib, 20 daqiqaga muzlatkichga qo‘yiladi.
  5. So‘ngra taxminan 5 millimetr qalinlikda yoyiladi.
  6. Pechenye uchun mo‘ljallangan yurakcha shaklida xamir kesib olinadi.
  7. Pishirish varag‘iga qo‘yib, 180 daraja pechda 15-20 daqiqa davomida pishiriladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar