Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh Senati prezident Jo Baydenga Ukrainaga qurol va boshqa yordamlar yetkazib berishni tezlashtirish uchun lend-liz dasturidan foydalanishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini bir ovozdan ma’qulladi. Bu haqda Politico xabar bermoqda.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Qonun loyihasi Senatga 2022-yilning yanvarida, Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanishidan bir oy oldin, Rossiya hujumga tayyorlanayotgani haqidagi xabarlar fonida taqdim etilgandi. 6-aprel kuni senatorlar qonun loyihasini qabul qildi.

Hujjat AQSh prezidentining standart byurokratik tartib-qoidalarni chetlab o‘tgan holda Ukrainaga qurol-yarog‘ va boshqa muhim yuklarni yetkazib berish bo‘yicha bitimlar tuzish vakolatlarini kengaytiradi.

Boshqacha aytganda, qonun AQSHga Ukrainaga qurollarni haqini keyin to‘lash sharti bilan bepul yetkazish imkonini beradi.

Endi hujjat Vakillar palatasi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. U yerda ma’qullansa, imzolash uchun prezidentga yuboriladi.

Lend-liz dasturi Ikkinchi Jahon urushi paytida yaratilgan bo‘lib, AQSHga ittifoqchilariga qurol, oziq-ovqat va strategik xom ashyoni tezroq jo‘natish imkonini bergan. Politico uni nizoning yo‘nalishini o‘zgartirgan omillardan biri deb ataydi.

Lend-liz to‘g‘risidagi qonun 1941-yildan 1945-yilgacha amalda bo‘lgan, ammo Buyuk Britaniya va Xitoy lend-liz bo‘yicha yordam yetkazishni qonun tugatilgandan keyin ham davom ettirishga kelishgan. Ushbu to‘rt yil davomida Qo‘shma Shtatlar ittifoqchilarga umumiy summasi 50 milliard dollardan ortiq lend-liz yordamini o‘tkazdi, shundan 11 milliardga yaqini SSSRga to‘g‘ri keladi.

Pentagon hisob-kitoblariga ko‘ra, Jo Bayden prezidentlikka kelganidan beri Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga 2,3 milliard dollar harbiy yordam ko‘rsatgan, shundan 1,6 milliard dollari urush boshlanganidan keyin berilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi