Daryo

Yevropa Ittifoqi urushdan keyin Ukrainani qayta tiklash uchun fond tuzmoqchi

Yevroittifoq agar zarurat tug‘ilsa, Rossiya va Belarusga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishga tayyorligini ham bildirdi

1 daqiqa o‘qish43 878 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “TASS”

Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukrainaga yordam berishda davom etib, urush tugaganidan keyin ham mamlakatni tiklashda yordam beradi. Bu haqda Ittifoq bayonotida aytilgan, deb yozmoqda “RBK”.

Foto: “TASS”

“Shu maqsadda Yevropa Kengashi Ukraina bilan birdamlik trast fondini tashkil etishga rozilik bildiradi va xalqaro hamkorlarini unda ishtirok etishga taklif qiladi”, — deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari, Yevroittifoq mamlakatlari va hukumat rahbarlari Yevrokomissiyani “zarur islohotlarni amalga oshirish uchun Ukrainaga texnik yordam ko‘rsatishni davom ettirish”ga chaqirdi.

Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi agar zarurat tug‘ilsa, Rossiya va Belarusga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishga, shuningdek, mavjud sanksiyalar rejimini chetlab o‘tish yo‘llarini bekitishga tayyorligini bildirdi.

Avvalroq Rossiya kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, “Yagona Rossiya” Bosh kengashi kotibi Andrey Turchak Rossiya Ukraina hududida joylashgan Donetsk viloyatidagi Mariupolni qayta tiklab berishini aytgandi. Deputatning so‘zlariga ko‘ra, janglar natijasida shahar jiddiy zarar ko‘rgan, yuzlab uylar vayron bo‘lgan yoki yonib ketgan.

Rossiyaning harbiy amaliyoti tugashi bilan “quruvchilarimiz darhol Mariupolga kiradi”, deb ishontirgan u. “Hammamiz kirishamiz. Uylar, korxonalar, port va maktablarni, bolalar bog‘chalarini tiklaymiz”, — degan Turchak. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar