Daryo

NATO: Rossiya zudlik bilan sulh e’lon qilishi kerak

Ta’kidlanishicha, muzokaralar vaqtida Rossiya tajovuzining davom etishi qoralanishga loyiq

1 daqiqa o‘qish74 970 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Asia-Plus

NATO Rossiyaning Ukainaga hujumi sabab 24-mart kuni o‘tkazilgan favqulodda sammiti yakunlari bo‘yicha bayonot berdi.

Foto: Asia-Plus

Alyansning ma’lum qilishicha, Rossiya zudlik bilan sulh e’lon qilib, Ukraina bilan muzokaralarga “jiddiy yondashayotganini” namoyish etishi kerak. “Muzokaralar vaqtida Rossiya tajovuzining davom etishi qoralanishga loyiq”, — deyiladi bayonotda.

NATO oldingidek Ukrainaga harbiy kuchini mustahkamlash orqali o‘zini himoyalash huquqini amalga oshirishiga yordam berishni va’da qilgan. Alyans, shuningdek, Ukrainaga kiberxavfsizlik va kimyoviy, biologik hamda yadro tahdiddan himoyalanishda yordam ko‘rsatishni davom etadi.

Alyans Bolgariya, Ruminiya, Vengriya va Slovakiya hududida to‘rtta xalqaro guruh tuzilishini e’lon qilgan — bu alyansning 40 ming harbiy xizmatchisi sharqiy chegaralarga ko‘chilishiga qo‘shimcha bo‘ladi.

NATOning 24-mart kungi sammitida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham chiqish qilgan. U alyansdan Ukrainaga samolyot va tanklar yetkazib berishni so‘ragani, biroq aniq javob olmaganini bildirgan.

Avvalroq BMT Xavfsizlik kengashi Rossiyaning Ukrainadagi gumanitar vaziyat bo‘yicha rezolyutsiyasini qabul qilmagandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar