Daryo

Navoiyda fuqaro o‘rmon xo‘jaligi hududidan ijaraga olgan 200 gektar yerini sotayotganida ushlandi

Shuningdek, o‘zini hokimlik xodimi deb tanishtirgan shaxs 5 sotix yer olib berish uchun xususiy korxona rahbaridan 500 dollar olgani aniqlandi

1 daqiqa o‘qish25 002 ko‘rishlar0 izoh0

Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida yer maydonlarini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro R.A. o‘ziga ijara shartnomasiga asosan Tomdi davlat o‘rmon xo‘jaligi hududidan ajratilgan 200 gektar chorvachilikka mo‘ljallangan yaylov yer maydonini fuqaro A.T.ga 250 million so‘mga firibgarlik yo‘li bilan sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bundan tashqari, departamentning Surxondaryo viloyati Bandixon tuman bo‘limi tomonidan DXXning Surxondaryo viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Jarqo‘rg‘on tumani irrigatsiya bo‘limi xodimi X.A. fuqaro U.ga tuman hokimligi zaxirasidagi 15 sotix yer maydonini 60 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Shuningdek, departament hamda DXXning Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda U.E. ismli fuqaro B.V. xususiy korxonasi rahbari B.ga o‘zini tuman hokimligi xodimi sifatida tanishtirib, unga auksion savdolarisiz tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun sanoat zonasidan 5 sotix yer maydoni olib berishini aytgani aniqlangan. U xizmati evaziga 1 ming 200 dollari evaziga so‘rab, shundan 500 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar