Daryo

Olma va tvorog qo‘shib tayyorlanadigan mazali pirog retsepti

Xamiri yumshoq, mazali va to‘yimli pirogni, albatta, tayyorlab ko‘ring

1 daqiqa o‘qish29 508 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Xamiri yumshoq ushbu pirog shirinlikni yaxshi ko‘radiganlar uchun ma’qul kelishi aniq.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • tvorog – 200 gramm;
  • un – 140 gramm;
  • qabartma – 1 choy qoshiq;
  • olma – 3-4 dona;
  • tuxum – 3 dona;
  • shakar – 250 gramm;
  • tuz – 1/4 choy qoshiq;
  • smetana – 3 osh qoshiq;
  • dolchin, vanil.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Pech oldindan 180 darajada qizdiriladi.
  2. Tvorog qabartma bilan aralashtiriladi. Olma tozalanib, ingichka bo‘laklarga bo‘linadi.
  3. Tuxum, shakar, tuz va vanil mikser bilan yengil aralashtiriladi.
  4. Ustidan smetana va un qo‘shiladi. Yaxshilab aralashtirilgan xamir qolipga solinadi.
  5. Ustidan olmalar bir tekisda joylashtiriladi va dolchin sepiladi.
  6. Pechda 40-50 daqiqa davomida pishiriladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar