“Haqiqatni rasmiy manbalardan olish muhim. Bugun Rossiya Ukrainaga bostirib kirishni boshladi. Putin Ukraina bilan, butun dunyodagi demokratiya bilan urush boshladi. U mening davlatimni yo‘q qilmoqchi. U bizning davlatimizni, biz qurgan va hayotimiz mazmuni bo‘lgan barchasini yo‘q qilmoqchi, — dedi Ukraina prezidenti.Zelenskiy ukrainaliklarni vahimaga berilmaslikka chaqirdi:
“Men hozir yerimizda bo‘lib turgan har bir ukrainalikka murojaat qilyapman. Vahimaga berilmaymiz, Ukraina Qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun hamma narsani qilyapmiz”.Shuningdek, u AQSh prezidenti Jo Bayden, Germaniya kansleri Olaf Shols, Yevropa kengashi rahbari Charlz Mishel, Polsha prezidenti Anjey Duda va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bilan muzokaralar o‘tkazganini aytdi.
“Men Putinni, Ukrainaga va butun dunyoga qarshi urushni darhol to‘xtatishga chaqiraman! Putinga qarshi koalitsiya tuzishga, zudlik bilan sanksiyalar kritishga, Ukrainaga mudofaa va moliyaviy yordam berishga chaqiraman! Havo hududini yoping! Dunyo Rossiyani tinchlikka majburlashi kerak, — deydi Zelenskiy.
Mavzuga doir: Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiyasi”. Asosiy ma’lumotlar








