Daryo

O‘zbekistonlik xaker xorijiy banklardan 50 mln dollar o‘g‘irladi (video)

26 yoshli xaker Turkiyadan Rossiyaga qaytayotganida qo‘lga olingan va O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirilgan

1 daqiqa o‘qish85 047 ko‘rishlar1 izoh0
Kadr: Telegram

Internet orqali Shveysariya banklaridan 50 million dollardan ortiq mablag‘ o‘g‘irlagan o‘zbekistonlik xaker sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda UzReport telekanali orqali efirga uzatilgan lavhada ma’lum qilindi.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, kasbi dasturchi bo‘lgan 26 yoshli G‘.P. Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik), 177-(valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish), 242- (jinoiy uyushma tashkil etish), 243-moddalari (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Mahkumning so‘zlariga ko‘ra, u dastlab internet orqali Isroil bankidan 35 million dollar o‘g‘irlab, “izlarni yo‘qotish” uchun pullarni yettita davlatning banklari orqali aylantirgan. Bundan tashqari, u 165 milliard 792 million so‘mni (taxminan, 15,2 million dollar) shu usulda o‘g‘irlagan.

G‘.P. Turkiyadan Rossiyaga qaytayotganida qo‘lga olingan va O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirilgan. Hibsga olinguniga qadar esa xalqaro qidiruvda bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda o‘zbekistonlik dasturchilar 15 daqiqa ichida bankomatni “buzib” xalqaro tanlovda 3-o‘rinni egallagandi.

Mavzuga doir: Rossiyadagi katta kompaniyada bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan surxondaryolik diplomsiz dasturchi hikoyasi (audio)

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar