Daryo

SpaceX Starlink sun’iy yo‘ldoshlarining navbatdagi partiyasini koinotga chiqardi (video)

Bu Falcon 9 raketasining o‘ninchi parvozi va Starlink sun’iy yo‘ldoshlarining yettinchi marta uchirilishi bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish29 542 ko‘rishlar0 izoh0

AQShda Floridadagi Kennedi kosmik markazidan 2022-yil 18-yanvar kuni Falcon 9 raketasi vositasida yana 49 dona Starlink global tarmoq tizimi kichik sun’iy yo‘ldoshlari koinotga uchirildi. Bu haqda SpaceX kompaniyasi xabar qilgan.

Bu Falcon 9 raketasining o‘ninchi parvozi va Starlink sun’iy yo‘ldoshlarining yettinchi marta uchirilishi bo‘ldi.

Starlink loyihasi doirasida 2019-yil mayidan beri jami 36 marta orbitaga internet-sun’iy yo‘ldoshlari chiqarilgan.

Starlink yo‘ldoshlari 1991-yildan buyon kosmik apparat tadqiqotlarini amalga oshirib kelayotgan SpaceX orbital guruhining tarkibiga kiritilgan.

Avval Xitoyning eksperimental sun’iy yo‘ldoshini orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqqani, Pekin rasmiylari Maskning Starlink sun’iy yo‘ldoshlari ustidan BMTga shikoyat qilgani, SpaceX yarim yil ichida orbitaga 1260 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini olib chiqishi haqida xabarlar berilgan. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar