Daryo

Ilon Maskning sun’iy yo‘ldosh internetidan hozirda 100 mingdan ortiq kishi foydalanayotgani ma’lum bo‘ldi

Maskning yozishicha, Starlink’dan hozirda dunyoning 14 mamlakatida foydalanish mumkin

1 daqiqa o‘qish34 806 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IXBT

Starlink sun’iy yo‘ldosh internet-loyihasiga egalik qiluvchi SpaceX kosmik kompaniyasi rahbari Ilon Mask 100 ming abonent qurilma jamlanmasi sotilganini e’lon qildi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Ma’lumotlarga ko‘ra, Starlink servisidan hozirda 100 ming uy xo‘jaligi foydalanmoqda — foydalanuvchilar soni bundan ham ko‘p. Iyun oxirida Starlink foydalanuvchilari 90 ming uy xo‘jaligini tashkil etgandi.

Shuningdek, Maskning yozishicha, Starlink’dan hozirda dunyoning 14 mamlakatida foydalanish mumkin: AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Avstriya, Niderlandiya, Irlandiya, Belgiya, Shveysariya, Daniya, Portugaliya, Avstraliya va Yangi Zelandiya.

2021-yilning martida AQShning Aloqa bo‘yicha federal komissiyasi (FCC) SpaceX’ga amerikalik foydalanuvchilar uchun Starlink’ning 1 million abonent qurilma jamlanmasini taqdim etishga ruxsat bergandi. Biroq keyinroq SpaceX regulyatorga ushbu sonni besh barobar oshirishni iltimos qilib chiqqan, bunga mazkur xizmatga bo‘lgan talabning yuqoriligi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, 2020-yil dekabrida SpaceX Starlink loyihasi doirasida olis va qishloq joylar aholisini sun’iy yo‘ldosh internet bilan ta’minlash uchun AQSh hukumatidan 885,5 million dollar subsidiyani qo‘lga kiritdi. Kompaniya ushbu mablag‘ni o‘n yil davomida qabul qiladi. Bundan tashqari, AQSh hukumati SpaceX’ga 35 ta shtatda 642 925 ta nuqtada internet tarqatish xizmatlarini taqdim etish uchun qo‘shimcha mablag‘ ham ajratadi. SpaceX kelajakda Yer aholisini sayyoraning istalgan nuqtasida keng polosali internet bilan ta’minlash imkonini beruvchi to‘liq ko‘lamli tarmoq yaratish uchun 12 mingta (keyinchalik 30 mingta) kosmik qurilmadan iborat orbital guruhni shakllantirishni rejalashtirmoqda. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar