Daryo

Pekinda omikron shtammi bilan kasallanishning dastlabki holati qayd etildi

Shaharda qishki Olimpiya o‘yinlarining boshlanishiga uch hafta qolgan

1 daqiqa o‘qish24 988 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Pekin koronavirusning omikron shtammi bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat haqida xabar berdi. Shaharda qishki Olimpiya o‘yinlarining boshlanishiga uch hafta qolgan, deb yozadi Guardian.

Foto: News Maker

Pekin Kasalliklarni nazorat qilish boshqarmasi rasmiysining matbuot anjumanida xabar berishicha, laboratoriya tekshiruvlari koronavirusni yuqtirgan odamdagi shtammda “omikronga xos mutatsiyalar” borligini ko‘rsatgan.

“Infeksiyani yuqtirgan shaxs Xaydyanning shimoli-g‘arbiy poytaxt hududida yashab, ishlaydi. U so‘nggi ikki hafta davomida Pekindan tashqariga chiqmagan”, — deyiladi OAV xabarida.

Bemor yashaydigan va ishlaydigan hududda rasmiylar ommaviy tekshiruvdan o‘tkazmoqda. Avval omikron Xitoyning bir qator shaharlarida, jumladan, Shanxay, Sian, Chjuxay, Chjunshan va Tyanszinda topilgan.

OAV Pekinda omikron bilan kasallanish holati shaharda 4—20-fevral kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan qishki Olimpiya o‘yinlari ochilishidan biroz oldin aniqlanganini ta’kidladi.

Mavzuga doir: Shimoliy Koreya Pekinda o‘tkaziladigan Olimpiadada ishtirok etishdan bosh tortdi

15-yanvar kuni Xitoyda 119 kishida koronavirus qayd etilgan, ulardan 65 nafari infeksiyani mamlakat ichida yuqtirgan. Pandemiya boshlanganidan buyon Xitoyda koronavirusga chalinish bo‘yicha 104 864 ta holat aniqlangan, 4 636 kishi kasallik oqibatida vafot etgan. Shu bilan birga 2021-yil va 2022-yil boshidan buyon mamlakat bo‘ylab atigi bir kishi koronavirusdan vafot etgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar