Daryo

Pechda ichiga qiyma solib, tuxumli quymoq tayyorlaymiz

Quymoqni ta’bga ko‘ra garnir bilan bezating

1 daqiqa o‘qish38 552 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Qiyma, pishloq va tuxumning uyg‘unlikdagi ta’mi, albatta, tatib ko‘rishga arziydi.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • piyoz – 1 dona;
  • pishloq – 100 gramm;
  • qiyma – 350 gramm;
  • tuxum – 5 dona;
  • sut – 5 osh qoshiq;
  • o‘simlik yog‘i – 2 osh qoshiq;
  • tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Piyoz blenderda maydalanib, pishloq qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
  2. Qiyma piyoz, pishloq, tuz va murch bilan aralashtiriladi.
  3. Har bir tuxum bir qoshiq sut va tuz bilan aralashtiriladi. Tovaga quyiladi va pishguncha aralashtirilmasdan qovuriladi. Xuddi shu tarzda qolgan tuxumlar ham pishiriladi.
  4. Qiyma 5 qismga bo‘linib, tuxumli quymoq ustiga qo‘yiladi va rulet shaklida o‘raladi.
  5. Quymoqlar yog‘langan qolipga solinib, pechda 180 darajada 30 daqiqa davomida pishiriladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar