Bayramlar o‘tdi, demak, yana avvalgi kundalik odatlarga qaytib, qish uyqusidan chiqish vaqti keldi. Erta uyg‘onish oson emas, bu ta’tildan keyingi rejim, salqin ob-havo va kunduzi quyoshning yo‘qligi bilan yanada murakkablashadi. Albatta, vaqtli uyg‘onish uchun birinchi navbatda, doimiy uyquning sabablarini aniqlash va to‘g‘ri rejimga o‘tish kerak. Bu borada qahvadan tashqari erta uyg‘onish va tetik bo‘lish uchun yordam beradigan mahsulotlari iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Bir stakan suv

Uyqusizlik kabi eng keng tarqalgan kasalliklaridan birining sababi – bu suvsizlanishdir. Ba’zida uyg‘onish va tanani ishga moslashtirishga yordam berish uchun bir stakan suv ichish kifoya. Suvning foydasini ikki baravarga oshirish uchun bir bo‘lak limon, olma sirkasi yoki sevimli rezavorlarni qo‘shish mumkin.
Achchiq shokolad

Bir bo‘lak qora shokolad bir stakan qahva o‘rnini bosishi mumkin. Kakao tarkibidagi kofein va teobromin uyquning yengil ko‘tarilishiga yordam beradi. Kakao baxt gormonlari – endorfinlarning ortishini rag‘batlantiradi, bir bo‘lak qora shokolad nafaqat jismonan energiya bilan ta’minlaydi, balki kayfiyatni ham ko‘taradi.
Sitrus mevalar

C vitaminiga boy apelsin, mandarin, limon va greypfruitlar tanani bir zumda uyg‘otadi, uni energiya bilan to‘yintiradi va miya faolligini oshiradi. Sitrus mevalarining hidi tetiklantiribgina qolmay, balki kayfiyatni ko‘taradi. Uzoq muddat davomida immunitetni mustahkamlab, mavsumiy vitaminlar bilan davolashga yordam beradi.
Yong‘oq

Bir hovuch yong‘oq — funduk, bodom yoki pista tanani ozuqaviy moddalar bilan to‘ldiradi va uzoq vaqt davomida ochlikni qondiradi. Bundan tashqari, yong‘oq miya faoliyatini rag‘batlantiradi, ajoyib tetiklantiruvchi ta’sirga ega va energiya ishlab chiqarishni yaxshilaydigan biotinni o‘z ichiga oladi.
Rezavor mevalar

Malina, chernika, qora smorodina, qulupnay va boshqa mevalar foydali vitamin va mikroelementlar bilan to‘ldiradigan tabiiy stimulyator sifatida ta’sir qiladi.
Matcha yoki limonli ko‘k choy









