• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    2021-yilda butun dunyoda sodir bo‘lgan asosiy voqealar — suratlarda (foto)

    Ortda qolayotgan 2021-yil dunyo xabarlarini doimiy ravishda kuzatib boruvchilar uchun yorqin voqealarga boy boshlandi va o‘tdi deyish mumkin. 6-yanvarda Tramp tarafdorlari Vashingtondagi Kapitoliy binosiga hujum uyushtirib uni egalladi. Keyin Rossiyada muxolifat vakili, siyosatchi Aleksey Navalniy hibsga olindi, shundan so‘ng uni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlari o‘tkazildi, politsiya namoyishchilarni tarqatdi, Olimpiada – 2020 musobaqalari o‘tkazildi, “Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga keldi va boshqa e’tiborga molik voqea-hodisalar sodir bo‘ldi. Meduza nashri muharrirlari yil yangiliklariga aloqador fotosuratlarni to‘pladi. 2021-yil shunday o‘tdi va odamlar ushbu davrni yana uzoq vaqt eslab yurishadi.

    Prezidentlik saylovlarida Jo Baydenga <a href=yutqazgan Donald Tramp tarafdorlari AQSh Kongressining binosiga bostirib kirishga urinmoqda. Saylov natijalari e’lon qilingan kunda ular uyushtirgan shturm vaqtida 5 nafar odam halok bo‘lgan. Kapitoliy binosiga hujum ishi bo‘yicha 500 nafardan ziyod gumonlanuvchi hibsga olingan va ularning aksariyati qamalgan. Saylovlardagi natijalar kechroq e’lon qilindi, 20-yanvarda Bayden AQSh prezidenti lavozimida ishlashga kirishdi" data-action="zoom" class="border lazyload" />

    Prezidentlik saylovlarida Jo Baydenga yutqazgan Donald Tramp tarafdorlari AQSh Kongressining binosiga bostirib kirishga urinmoqda. Saylov natijalari e’lon qilingan kunda ular uyushtirgan shturm vaqtida 5 nafar odam halok bo‘lgan. Kapitoliy binosiga hujum ishi bo‘yicha 500 nafardan ziyod gumonlanuvchi hibsga olingan va ularning aksariyati qamalgan. Saylovlardagi natijalar kechroq e’lon qilindi, 20-yanvarda Bayden AQSh prezidenti lavozimida ishlashga kirishdi
    Foto: Reuters

    Pekinda Xitoy kommunistik partiyasi 100 yilligiga bag‘ishlab uyushtirilgan lazerli shou fonida osmonda chaqmoq chaqmoqda. 30-iyun

    Pekinda Xitoy kommunistik partiyasi 100 yilligiga bag‘ishlab uyushtirilgan lazerli shou fonida osmonda chaqmoq chaqmoqda. 30-iyun
    Foto: AFP

    Rossiya muxolifati vakili, siyosatchi Aleksey Navalniy “Novichok” guruhiga kiruvchi modda bilan zaharlanganidan keyin davolanishni yakunlab, 17-yanvarda Berlindan Moskvaga <a href=qaytdi. Bu yerda uni aeroportning o‘zida hibsga olishdi, Jazoni ijro etish federal xizmati uning shartli qamoq jazosi tartibini buzganini qayd etgan. Navalniy Ximkidagi politasiya bo‘linmasiga olib borilgan. Ertasiga politsiya idorasining o‘zida sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tgan va Navalniyga 30 sutka qamoq jazosi berilgan. Fotosuratda Navalniyning Ximkidagi Ichki ishlar bo‘linmasida turgani aks etgan, 18-yanvar." data-action="zoom" class="border lazyload" />

    Rossiya muxolifati vakili, siyosatchi Aleksey Navalniy “Novichok” guruhiga kiruvchi modda bilan zaharlanganidan keyin davolanishni yakunlab, 17-yanvarda Berlindan Moskvaga qaytdi. Bu yerda uni aeroportning o‘zida hibsga olishdi, Jazoni ijro etish federal xizmati uning shartli qamoq jazosi tartibini buzganini qayd etgan. Navalniy Ximkidagi politasiya bo‘linmasiga olib borilgan. Ertasiga politsiya idorasining o‘zida sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tgan va Navalniyga 30 sutka qamoq jazosi berilgan. Fotosuratda Navalniyning Ximkidagi Ichki ishlar bo‘linmasida turgani aks etgan, 18-yanvar.
    Foto: “TASS”

    Navalniy hibsga olinganidan keyin Rossiya bo‘ylab uni qo‘llab-quvvatlovchi norozilik namoyishlari <a href=o‘tkazila boshlandi, politsiya namoyishchilarni tarqatdi. Moskvadagi Pushkin maydonida OMON hamda namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Yerda yiqilib yotgan odamni libertarianlik Gleb Maryasov himoya qilmoqda, u keyinchalik mazkur norozilik aksiyalarida yo‘llarni yopgani uchun 10 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan, 23-yanvar" data-action="zoom" class="border lazyload" />

    Navalniy hibsga olinganidan keyin Rossiya bo‘ylab uni qo‘llab-quvvatlovchi norozilik namoyishlari o‘tkazila boshlandi, politsiya namoyishchilarni tarqatdi. Moskvadagi Pushkin maydonida OMON hamda namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Yerda yiqilib yotgan odamni libertarianlik Gleb Maryasov himoya qilmoqda, u keyinchalik mazkur norozilik aksiyalarida yo‘llarni yopgani uchun 10 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan, 23-yanvar
    Foto: Meduza

    Fototgraf Dmitriy Markov Aleksey Navalniy (siyosatchiga “Iv Roshe” ishi bo‘yicha berilgan shartli qamoq jazosi, qamoq jazosiga o‘zgartirilgan) sud qilingan Moskvadagi ichki ishlar bo‘linmasining yonida <a href=surat olgan. Bu foto keyinchalik auksionda ikki million rublga sotilgan. Fotosurat sotuvidan tushgan daromad “OVD-Info” tashkilotlariga (keyinchalik xorijiy agent deb topilgan) va “Apologiya protesta”ga yuborilgan, ular norozilik namoyishlaridan keyin qamoqqa olinganlarga ko‘mak beradi. 2-fevral." data-action="zoom" class="border lazyload" />

    Fototgraf Dmitriy Markov Aleksey Navalniy (siyosatchiga “Iv Roshe” ishi bo‘yicha berilgan shartli qamoq jazosi, qamoq jazosiga o‘zgartirilgan) sud qilingan Moskvadagi ichki ishlar bo‘linmasining yonida surat olgan. Bu foto keyinchalik auksionda ikki million rublga sotilgan. Fotosurat sotuvidan tushgan daromad “OVD-Info” tashkilotlariga (keyinchalik xorijiy agent deb topilgan) va “Apologiya protesta”ga yuborilgan, ular norozilik namoyishlaridan keyin qamoqqa olinganlarga ko‘mak beradi. 2-fevral.
    Foto: Dmitriy Markov

    Navalniyni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan namoyishlar Rossiyada o‘nlab shaharlarni qamrab oldi. Hisbga olishlar ham to‘xtagani yo‘q va 5 mingdan ziyod odam hibsga olinib, rekord <a href=qayd etilgan. Sankt-Peterburgda namoyishchilar hibsga olinmoqda, 31-yanvar." data-action="zoom" class="border lazyload" />

    Navalniyni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan namoyishlar Rossiyada o‘nlab shaharlarni qamrab oldi. Hisbga olishlar ham to‘xtagani yo‘q va 5 mingdan ziyod odam hibsga olinib, rekord qayd etilgan. Sankt-Peterburgda namoyishchilar hibsga olinmoqda, 31-yanvar.
    Foto: AP Photo

    Minskdan 100 kilometr uzoqlikdagi Maloe Zaprudye qishlog‘ida qizil libosdagi ayollar alvon lolalar bilan raqs tushib bahorni qarshilamoqda. Qizil va oq rang uyg‘unligi Belarusda 2020-yil avgustda bo‘lib o‘tgan saylovlardan keyin boshlangan norozilik namoyishlarining ramziga <a href=aylangandi. Hukumat namoyishlar ishtirokchilarini taqib qilgan, Belarusdan chiqib ketgan muxolifat yetakchilariga uzoq yilliq qamoq jazolari tayinlangan, 1-mart" data-action="zoom" class="border lazyload" />

    Minskdan 100 kilometr uzoqlikdagi Maloe Zaprudye qishlog‘ida qizil libosdagi ayollar alvon lolalar bilan raqs tushib bahorni qarshilamoqda. Qizil va oq rang uyg‘unligi Belarusda 2020-yil avgustda bo‘lib o‘tgan saylovlardan keyin boshlangan norozilik namoyishlarining ramziga aylangandi. Hukumat namoyishlar ishtirokchilarini taqib qilgan, Belarusdan chiqib ketgan muxolifat yetakchilariga uzoq yilliq qamoq jazolari tayinlangan, 1-mart
    Foto: Meduza

    Irlandiyadagi Lox-Ennel ko‘li ustidan uchib o‘tayotgan chug‘urchiqlar galasi, surat fotograf Jeyms Krombi tomonidan olingan. Gala bo‘lib uchish ko‘plab qushlarga xos harakat, biroq chug‘urchiqlar galasidagi qushlar soni 700 mingdan ziyod bo‘lgan davrlar ham bo‘lgan. Bunday qushlar galasi ingliz tilida ‘murmuration of starlings’ ya’ni ‘chug‘urchiqlar shivir-shiviri’ (qanotlar ovozi pichirlashga qiyoslangan) deyiladi — galaning shakli ba’zida o‘zgacha qiyofa kasb etadi. Olimlar bunday uchish qushlarning yirtqichlardan himoyalanishi va ularni chalg‘itishga sabab bo‘lishini taxmin qilgan, 2-mart

    Foto: Scanpix

    Vaksina solingan muzlatgichli sumka bilan Kashmirdagi cho‘ponlarni koronavirusga qarshi emlash uchun yo‘lgan chiqqan tibbiyot xodimi. Hindistonda bahor-yoz oylarida yangi shtamm tarqalgani tufayli koronavirus bilan kasallanishlar soni keskin ortib ketdi. Hatto bir sutkalik kasallanishlar soni 400 mingtaga yetgan paytlar ham <a href=kuzatildi, mazkur holatga kasalaxonalar ham, o‘likxonalar ham dosh bera olmadi, 21-iyun" data-action="zoom" class="border lazyload" />

    Vaksina solingan muzlatgichli sumka bilan Kashmirdagi cho‘ponlarni koronavirusga qarshi emlash uchun yo‘lgan chiqqan tibbiyot xodimi. Hindistonda bahor-yoz oylarida yangi shtamm tarqalgani tufayli koronavirus bilan kasallanishlar soni keskin ortib ketdi. Hatto bir sutkalik kasallanishlar soni 400 mingtaga yetgan paytlar ham kuzatildi, mazkur holatga kasalaxonalar ham, o‘likxonalar ham dosh bera olmadi, 21-iyun
    Foto: AP Photo

    Vashington shtatidagi Uentachi katta sinflar o‘qiydigan maktabning nayli cholg‘u ansambli ishtirokchilar koronavirusga qarshi himoyalanish uchun maxsus palatkalarda repititsiya qilishmoqda. 26-fevral

    Vashington shtatidagi Uentachi katta sinflar o‘qiydigan maktabning nayli cholg‘u ansambli ishtirokchilar koronavirusga qarshi himoyalanish uchun maxsus palatkalarda repititsiya qilishmoqda. 26-fevral
    Foto: Getty Images

    Londonning Klepxem hududida politsiya xodimlari 33 yoshli Sara Everard o‘limdan keyin o‘tkazilgan ayollar xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan aksiyadan keyin bir ayolni <a href=hibsga olmoqda. Sara Everardning o‘limida London politsiyasining 48 yoshli xodimi Ueyn Kazins ayblangan. U ayolni zo‘rlagani va o‘ldirgani uchun aybdor deb topilib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. 13-mart" data-action="zoom" class="border lazyload" />

    Londonning Klepxem hududida politsiya xodimlari 33 yoshli Sara Everard o‘limdan keyin o‘tkazilgan ayollar xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan aksiyadan keyin bir ayolni hibsga olmoqda. Sara Everardning o‘limida London politsiyasining 48 yoshli xodimi Ueyn Kazins ayblangan. U ayolni zo‘rlagani va o‘ldirgani uchun aybdor deb topilib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. 13-mart
    Foto: Reuters

    Nyu-Yorkdagi Bruklin ko‘prigi ustunlarida koronavirusdan vafot etganlar xotirasiga tayyorlangan proyeksiya. Shahardagilar mazkur tadbir bilan hududdda koronavirusdan birinchi o‘lim holati <a href=qayd etilganining bir yilligini o‘tkazishdi. 2021-yil dekabr oyi oxiri holatiga ko‘ra AQShda 800 mingdan ziyod odam koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan, 14-mart" data-action="zoom" class="border lazyload" />

    Nyu-Yorkdagi Bruklin ko‘prigi ustunlarida koronavirusdan vafot etganlar xotirasiga tayyorlangan proyeksiya. Shahardagilar mazkur tadbir bilan hududdda koronavirusdan birinchi o‘lim holati qayd etilganining bir yilligini o‘tkazishdi. 2021-yil dekabr oyi oxiri holatiga ko‘ra AQShda 800 mingdan ziyod odam koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan, 14-mart
    Foto: Getty Images

    Mexikoda politsiya hamda gender zo‘ravonligiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazayotgan olomon to‘qnashuvi. 8-mart

    Mexikoda politsiya hamda gender zo‘ravonligiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazayotgan olomon to‘qnashuvi. 8-mart
    Foto: AP Photo

    Mamlakatda Nobel mukofotini olgan Aun San Su Chji boshqaruvidagi <a href=hukumat ag‘darilganidan keyin harbiylarga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazayotgan Myanma aholisi. 76 yoshli Aun San Su Chji to‘rt yillik qamoqqa hukm qilingan. 16-mart" data-action="zoom" class="border lazyload" />

    Mamlakatda Nobel mukofotini olgan Aun San Su Chji boshqaruvidagi hukumat ag‘darilganidan keyin harbiylarga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazayotgan Myanma aholisi. 76 yoshli Aun San Su Chji to‘rt yillik qamoqqa hukm qilingan. 16-mart
    Foto: Getty Images

    Falastindagi Beyta qishlog‘iga chegaradosh bo‘lgan Isroilning Eviatar qishlog‘ida yashaydigan odam. Eviatarni bunyod qilish qarori falastinliklarning noroziligiga sabab bo‘ldi va iyul boshida isroilliklar qishloqni tark etdi. 1-iyul

    Isroilning “Temir gumbaz” raketa hujumidan himoyalanish tizimi Falastinning HAMAS guruhining raketalarini urib tushirmoqda, Falastin –Isroil qarama-qarshiligi keskinlashgan vaqtlar. May oyining ikkinchi yarmida tomonlar o‘zaro murosa qildilar. 14-may

    Mavzuga doir:G‘olibsiz urush. Falastin—Isroil mojarosi haqida

    Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida koronavirus asoratlaridan vafot etgan odamlarni ommaviy yoqish marosimi. Hindistonda 2021-yil bahorida boshlangan koronavirus bilan kasallanishlar sonining keskin ortishi delta shtammi va hukumatning ommaviy yig‘ilishlar, diniy marosimlarni mahalliy saylovlar oldidan to‘xtatmagani bilan bog‘liq. 22-aprel

    Italiyadagi Lampeduza oroli yaqinida Tunisdan ekanligi taxmin qilingan odamlar yog‘ochdan yasalgan qayiqda Ispaniya nodavlat tashkiloti Open Arms yordamini kutmoqda. 29-iyul

    Italiyadagi Lampeduza oroli yaqinida Tunisdan ekanligi taxmin qilingan odamlar yog‘ochdan yasalgan qayiqda Ispaniya nodavlat tashkiloti Open Arms yordamini kutmoqda. 29-iyul
    Foto: AP Photo

    2020-yilda vafot etgan rassom Xristoning asarlaridagi kabi mato bilan o‘rab chiqilgan Parijdagi triumf arkasi (pastddan ko‘rinish). Xristo haykaltaroshlik loyihalari bilan tanilgandi. Jumladan u va uning rafiqasi Reyxstagni va Kolorado vodiysida va parda yasagan. 6-sentabr

    Foto: EPA

    Shveysariyaning Vale shahridagi Ronsk muzxonasidagi muzlar erib ketmasligi uchun uning muayyan qismi termoizolyatsiya qilingan material bilan o‘ralgan. 2021-yil davomida Shveysariydagi muzxonalar global iqlim isishi tufayli o‘z hajmining 1 foizini yo‘qotgan. 27-oktabr

    Lionel Messining porteti “Barselona”ning uy stadioni hisoblangan “Kamp Nou”dagi devordan olib tashlanmoqda, u yozda “Barsa”dan “PSJ”ga ko‘chib o‘tdi. Messi butun professional faoliyatini “Barselona”da o‘tkazgandi. U klub bilan birgalikda 4 marta YeChL va 10 marta Ispaniya chempionatida g‘olib chiqqandi. 10-avgust

    Mavzuga doir: 

    • Lionel Messi — 2021-yilgi “Oltin to‘p” sohibi. Bu Messi uchun 7-sovrin
    • “Barselona”ga qaytishi mumkinligi, Ronaldu bilan raqobati va Mbappening “Real”ga o‘tishi haqida — Lionel Messi bilan intervyu
    • Messining “Barselona”dan ketishi Aguero uchun baxtsizlik. Argentinalik hujumchilarning do‘stligi tarixi

    “Formula-1” poygalarida ishtirok etuvchi “Red Bull jamoasi piloti Maks Ferstappen va “Mersedes” poygachisi Lyuis Hemilton Italiya Gran-prisida to‘qnashib ketishdi. Oradan uch oy o‘tgach, Abu-Dabidagi Gran-prida ikkala poygachida ham bir xil ochko to‘plangan vaqtda Ferstappen Hemiltonni so‘nggi aylanada ortda qoldiradi va “Formula-1” poygalarining chempioniga aylanadi. 12-sentabr.

    Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksenni maydondan zambildan olib chiqib ketishmoqda. Yevro-2020 chempionati vaqtida Finlyadiyaga qarshi uchrashivda futbolchida yurak xuruji sodir bo‘ldi. Shifokorlar 29 yoshli Eriksenning hayotini saqlab qoldi. 12-iyun

    Rossiyaning Kemerova viloyati “Listvyajnaya” shaxtasida 25- noyabr kuni kuchli portlash <a href=yuz berdi, oqibatda 51 kishi: 46 nafar konchi va besh nafar qutqaruvchi halok bo‘ldi. Qutqaruchilardan biri Aleksandr Zakovryashin topildi. U ham halok bo‘lgan deb topilgan edi. Zakovryashin shaxtadan tashqariga chiqishga muvaffaq bo‘lgan. U yonuvchi moddalardan zaharlangan, muzlab qolgan holatda shifoxonaga yotqizilgan. 26-noyabr" data-action="zoom" class="border lazyload" />

    Rossiyaning Kemerova viloyati “Listvyajnaya” shaxtasida 25- noyabr kuni kuchli portlash yuz berdi, oqibatda 51 kishi: 46 nafar konchi va besh nafar qutqaruvchi halok bo‘ldi. Qutqaruchilardan biri Aleksandr Zakovryashin topildi. U ham halok bo‘lgan deb topilgan edi. Zakovryashin shaxtadan tashqariga chiqishga muvaffaq bo‘lgan. U yonuvchi moddalardan zaharlangan, muzlab qolgan holatda shifoxonaga yotqizilgan. 26-noyabr
    Foto: “TASS”

    “Rosseti Lenenergo” kompaniyasi xodimlari Sankt-Peterburgdagi transformator budkasi yaqinida chizilgan Aleksey Navalniy portreti aks etgan graffitini o‘chirib tashlamoqda. 28-aprel

    “Rosseti Lenenergo” kompaniyasi xodimlari Sankt-Peterburgdagi transformator budkasi yaqinida chizilgan Aleksey Navalniy portreti aks etgan graffitini o‘chirib tashlamoqda. 28-aprel
    Foto: Meduza

    Davlatga xiyonatda ayblangan jurnalist Ivan Safronov sud zalida. Sud majlisida Safronovga tayinlangan qamoq jazosi yuzasidan appelyatsiya ishi ko‘rib chiqildi, mazkur jarayonga ikl bora jurnalistlar ham kiritilgan. 27-dekabrda Safronovga tayinlangan qamoq jazosi yopiq sud majlisida yana uch oyga – 7-aprelgacha uzaytiriladi. Jurnalist 1,5 yildan buyon panjara ortida qolmoqda. 16-dekabr

    Foto: “Kommersant”

    Moskvada Aleksey Navalniyga bag‘ishlab o‘tkazilgan birdamlik mitingi ishtirokchilari. Navalniy tarafdorlari mazkur aksiyani 31-martda siyosatchining sog‘lig‘idan shikoyati borligiga qaramay yoniga shifokor kiritilmayotganidan norozi bo‘lib ochlik e’lon qilganidan keyin boshlangan. Rossiyaliklar va xorijdagi ko‘plab jamoatchilik vakillari, siyosatchilar, madaniyat vakillari, olimlar Navalniyning yoniga shifokor kiritishni talab qildi. Navalniyning ochligi 24 kun davom etdi. 21-aprel

    2021-yil davomida Yevropada koronavirus sabab joriy qilingan taqiqlarga qarshi norozilik namoyishlari tez-tez o‘tkazildi. Yil oxirida COVID-19’ga qarshi choralar “Omikron” shtammi sabab yanada kuchaydi. Fotosuratda Belgiyadagi namoyishda olomon hamda politsiya o‘rtasida kuzatilgan to‘qnashuv aks etgan. Mamlakatda kovid-passportlarni joriy etish va aholini majburiy tartibda emlashga qarshi namoyishlar o‘tkazilgan. 5-dekabr

    Rossiya FVV o‘t o‘chiruvchilari Yakutiyada Kyuerel qishlog‘idagi o‘rmon yong‘inini o‘chirmoqda. Hududiy prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra yong‘in chiqish ehtimoli yuqori bo‘lgan mavsumda 8 million gektar maydonda 1,7 mingdan ziyod o‘rmon yong‘inlari kuzatilgan. Hodisalardan keyin kuzatilgan zarar miqdori 3,7 milliard rubldan ziyodroq. 6-iyul

    Foto: Aleksey Vasilyev

    Kongo demokratik respublikasidagi Virung milliy parkida Ndakasi gorillasi hayvonlarga qaraydigan xodim qo‘lida jon bermoqda. Mazkur park butun dunyoda ota-onasini yo‘qotgan tog‘ gorillalari parvarish qilinadigan yagona maskan. 21-sentabr

    Kuchli shamol oqibatida ag‘anab tushgan qurilish xavozalaridan talafot ko‘rgan Kreml devori dandanasi. 22-oktabr

    Kuchli shamol oqibatida ag‘anab tushgan qurilish xavozalaridan talafot ko‘rgan Kreml devori dandanasi. 22-oktabr
    Foto: “Kommersant”

    AQSh terma jamoasi a’zosi Reychel Makkoy koronavirus sabab bir yil kech, tomoshabinlarsiz o‘tkazilgan Tokio olimpiadasida balandlikka sakrash musobaqalarining saralash bosqichida ishtirok etmoqda. Balandlikka sakrash musobaqasida rossiyalik Mariya Lasitskene g‘olib chiqqan. 5-avgust

    Tokio olimpiadasining qilichbozlik musobaqasi finalida ikki rossiyalik Sofya Velikaya (chapda) hamda Sofiya Pozdnyakov (o‘ngda) o‘zaro kuch sinashdi, yakunda Pozdnyakova olimpiada chempioni bo‘ldi. 26-iyul

    Afg‘oniston aholisi mamlakatdan uchib ketayotgan oxirgi samolyotga chiqib olishga <a href=urinmoqda. “Tolibon” hokimiyat tepasiga qaytgach Kobul aeroporti ma’lum vaqt davomida Afg‘onistondan chiqib ketishga imkon beruvchi yagona hududga aylandi. 16-avgust" data-action="zoom" class="border lazyload" />

    Afg‘oniston aholisi mamlakatdan uchib ketayotgan oxirgi samolyotga chiqib olishga urinmoqda. “Tolibon” hokimiyat tepasiga qaytgach Kobul aeroporti ma’lum vaqt davomida Afg‘onistondan chiqib ketishga imkon beruvchi yagona hududga aylandi. 16-avgust
    Foto: AFP

    “Tolibon” harakati a’zolari Kobuldagi prezident qarorgohida. Toliblar Afg‘onistonda hukumatni egallagan, Ashraf G‘ani esa xorijga qochib ketgandi. 15-avgust

    “Tolibon” harakati a’zolari Kobuldagi prezident qarorgohida. Toliblar Afg‘onistonda hukumatni egallagan, Ashraf G‘ani esa xorijga qochib ketgandi. 15-avgust
    Foto: AP Photo

    34 yoshli sotsiolog (jamiyatshunos) Habib Farzad toliblar 2021-yil avgust oyida mamlakatni egallab, uni hibsga olganidan keyin uni qiynoqqa solgani, kaltaklaganini bildirib, qiynoqlardan keyingi holatini ko‘rsatmoqda. 11-sentabr

    Foto: Los Angeles Times

    Pxenyanda KXDRga asos solinganiga 73 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan tunggi parad. Kimyoviy himoya kostyumlarida va tibbiyot respiratorlarini taqib olgan kolonna. 9-sentabr

    Pxenyanda KXDRga asos solinganiga 73 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan tunggi parad. Kimyoviy himoya kostyumlarida va tibbiyot respiratorlarini taqib olgan kolonna. 9-sentabr
    Foto: AFP

    AQSh chegara partuli xodimi Gaitidan kelgan muhojirning futbolkasidan tortqilamoqda. Migrant Rio-Grande daryosi orqali AQSh-Meksika chegarasiga kelgan. 2021-yil sentabr oyida Texasdagi Del-Rio shahrida 10 mingga yaqin gaitilik muhojirlar lager tuzgan, ular AQShga Meksika orqali kirib kelgandi. Ot mingan patrulning ularni ta’qib qilishi AQSh jamoatchiligining noroziligiga sabab bo‘lgan. 19-sentabr.

    Turkiyadagi Marmar dengizi qirg‘oqlaridagi bolalar. Ularni dengiz suvi ustidagi g‘alati qobiqni yorib cho‘milmoqda. Qobiq fitoplanktonlarning suv ifloslanishi va havo haroratining isishi ta’sirida ko‘payishi oqibatida yuzaga keladi. 2021-yilda Marmar dengizining bunday “dengiz mishig‘i” bilan qoplanishi tarixdagi eng katta miqyosdagi shunday hodisalardan biriga aylandi. 11-iyun

    Qutqaruvchilar Germaniyaning Dernau qishlog‘ida <a href=suv toshqinlaridan keyin bedarak yo‘qolganlar, talafot ko‘rganlarni izlamoqda. Germaniya g‘arbidagi Reynland-Pfalts va Shimoliy Rey-Vestfaliya federal hududlarida suv toshqini va sel kelishi oqibatida 180 dan ziyod odam halok bo‘ldi. 15-iyul" data-action="zoom" class="border lazyload" />

    Qutqaruvchilar Germaniyaning Dernau qishlog‘ida suv toshqinlaridan keyin bedarak yo‘qolganlar, talafot ko‘rganlarni izlamoqda. Germaniya g‘arbidagi Reynland-Pfalts va Shimoliy Rey-Vestfaliya federal hududlarida suv toshqini va sel kelishi oqibatida 180 dan ziyod odam halok bo‘ldi. 15-iyul
    Foto: DOCKS Collective

    Tailandlik ayol Radchadavan Pxungprasoporn Xuaxin shahridagi oshxonada <a href=yemish izlayotgan filni suratga olgan. Bu filning birinchi marta mehmonga kelishi emas, u iyulda yana Xuaxindagi boshqa uyga kelgan va mushuklar yemini yeb qo‘ygan. 20-iyun" data-action="zoom" class="border lazyload" />

    Tailandlik ayol Radchadavan Pxungprasoporn Xuaxin shahridagi oshxonada yemish izlayotgan filni suratga olgan. Bu filning birinchi marta mehmonga kelishi emas, u iyulda yana Xuaxindagi boshqa uyga kelgan va mushuklar yemini yeb qo‘ygan. 20-iyun
    Foto: Facebook / Radchadawan Peungprasopporn

    Lourens Shults Kaliforniyadagi milliy parkda nihollar o‘tkazish bo‘yicha Archangel Ancient Tree Archive ekologik tashkilotining ekspeditsiyasida “Uch opa-singil” nomi bilan tanilgan ulkan daraxtlarga tirmashmoqda. Sekvoylar — dunyodagi eng baland va qadimgi daraxtlardan hisoblanadi. Ular kuchli o‘rmon yong‘inlari tufayli yo‘qolib ketish arafasida. 26-oktabr

    “Dojd” telekanali bosh muharriri Tixon Dzyadko kechki xabarlarni o‘qishga tayyorlanmoqda. Uning ro‘parasidagi monitorlarda telekanalga ham berilgan “xorijiy agent” maqomi haqidagi tushunchalar yozilgan. 31-avgust

    “Novaya gazeta” bosh muharriri Dmitriy Muratov Nobel mukofoti laureati bo‘lganidan keyin tahrririyatga kirib kelmoqda. 8-oktabr

    “Novaya gazeta” bosh muharriri Dmitriy Muratov Nobel mukofoti laureati bo‘lganidan keyin tahrririyatga kirib kelmoqda. 8-oktabr
    Foto: “Dojd” telekanali / Denis Kaminev

    Mavzuga doir: 

    • Obama, Malala Yusufzoy va Efiopiya bosh vaziri. So‘nggi yillarda tinchlik uchun Nobel kimlarga berilgandi?
    • Rossiyalik jurnalist Dmitriy Muratov o‘ziga berilgan Nobel mukofoti mablag‘larini xayriya tashkilotlariga o‘tkazib berdi

    Aleksey Navalniy videoaloqa orqali koloniyada o‘zini ekstremizmga moyil deb ro‘yxatga olingani yuzasidan bildirgan shikoyatining ko‘rib chiqilishida ishtirok etmoqda. Shikoyatni Vladimir viloyatining Petushinskiy tuman sudi ko‘rib chiqqan, biroq bu borada yakuniy qaror hanuzgacha e’lon qilinmagan. 9-dekabr

    Foto: Meduza / Yevgeniy Feldman

    Belarus hamda Polsha chegarasidagi Yaqin Sharq mintaqasidan kelgan migrantlar. Muhojirlarning ommaviy ravishda Belarusga kelishi va bu yer orqali Yevropa Ittifoqiga o‘tishga urinishi oqibatidagi migratsiya inqirozi 2021-yil bahorida boshlangan. Inqiroz noyabrga kelib keskinlashdi minglab muhojirlar Belarus – Polsha chegarasida <a href=to‘plandi va chegarani kuch bilan buzib o‘tishga urindi. 10-noyabr" data-action="zoom" class="border lazyload" />

    Belarus hamda Polsha chegarasidagi Yaqin Sharq mintaqasidan kelgan migrantlar. Muhojirlarning ommaviy ravishda Belarusga kelishi va bu yer orqali Yevropa Ittifoqiga o‘tishga urinishi oqibatidagi migratsiya inqirozi 2021-yil bahorida boshlangan. Inqiroz noyabrga kelib keskinlashdi minglab muhojirlar Belarus – Polsha chegarasida to‘plandi va chegarani kuch bilan buzib o‘tishga urindi. 10-noyabr
    Foto: Reuters

    Gretsiyanign Evbiya orolida yashovchi 81 yoshli Ritsoppi Panayota mamlakatdagi qurg‘oqchilik, issiq iqlim oqibatida yuzaga kelgan va oxirgi 30 yildagi eng kuchi o‘rmon yong‘inlarining uyi tomon yaqinlashib kelayotganini kuzatmoqda. 8-avgust

    Foto: Bloomberg

    Kanar orollaridagi Kumbre-Vyexa vulqonidan keyin kul bilan qoplangan uy. Vulqon qariyb uch oy davomida otildi va Palma orolini tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirib yubordi. 30-oktabr

    Kanar orollaridagi Kumbre-Vyexa vulqonidan keyin kul bilan qoplangan uy. Vulqon qariyb uch oy davomida otildi va Palma orolini tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirib yubordi. 30-oktabr
    Foto: AP Photo

    AQShning SpaceX kompaniyasi Crew Dragon yer atroifda uchuvchi noprofessional ekipajini koinotga chiqarganidan keyin Falcon 9 o‘tkazgich-raketasining birinchi pog‘onasi Yerga qaytmoqda. Inspiration 4 fazo missiyasining ishtirokchilari: 29 yoshli shifokor assistenti Mefis Xeyli Arseno, 38 yoshli milliarder va Shift4 kompaniyasi rahbari Jared Ayzekman, 42 yoshli muhandis va AQSh harbiy havo kuchlari faxriysi Kris Sembroski hamda 51 yoshli geologiya professori Sian Proktor bo‘ldi. 15-sentabr

    Foto: Inspiration4

    Kentukki shtatida yuz bergan tornado oqibatida vayron bo‘lgan Meyfild shahridagi teatr binosi. 10 – 11-dekabrda AQSh o‘rta g‘arbida bir nechta tornadolar sodir bo‘lgan. 18-dekabrdagi ma’lumotlarga ko‘ra beshta shtatda kami 93 nafar odam halok bo‘lgan, Kentukkidagi qurbonlar orasida 2 oylik chaqaloqdan 98 yoshli qariyagacha borligi ma’lum qilingan. 13-dekabr

    03.01.2022, 08:58   Izoh (0)   36986
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Suv ilinjida yo‘lga tushgan aka-uka afg‘onlar, reanimatsiyadagi bayram, Yangi yilni kutib olgan dunyo. Hafta suratlari

    02.01.2022, 23:53

    Misrlik olimlar Amenxotep I ning tashqi qiyofasini tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Uning mumiyosi tomograf yordamida “yechilgan”

    02.01.2022, 20:49

    Muammar Kaddafi Saddam Husaynning suddagi himoyasi uchun mablag‘ ajratib kelgani ma’lum bo‘ldi

    02.01.2022, 20:07

    JSST delta va “omikron” shtammlari bilan kasallanish “sunamisi”dan ogohlantirdi

    02.01.2022, 19:08

    “Vijdonning ovozi past joyda odam hech qachon baqirmaydi”. Vatani ozodligi yo‘lida tinimsiz kurashgan, ammo qo‘liga sira qurol olmagan Mahatma Gandi haqida

    02.01.2022, 18:30

    Keyptaunda JAR parlamenti binosida yong‘in sodir bo‘ldi

    02.01.2022, 18:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi

    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 

    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi

    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!

    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar

    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil

    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi

    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.