Daryo

Seulda Alisher Navoiyga byust o‘rnatildi

Yodgorlik O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga davlat tashrifi arafasida ochildi

1 daqiqa o‘qish63 690 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Telegram / “Nigoh”

16-dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga davlat tashrifi arafasida ushbu mamlakat poytaxti Seul shahri markazida shoir va mutafakkir Alisher Navoiy byusti ochildi.

Foto: Telegram / “Nigoh”

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markaz matbuot xizmatining xabar berishicha, tantanali tadbirda ushbu markaz direktori, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov, maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin, Oliy Majlis deputati Viktor Pak, shuningdek, O‘zbekiston va Janubiy Koreya jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar yodgorlik poyiga gulchambarlar qo‘ydi.

Foto: Telegram / “Nigoh”
Foto: Telegram / “Nigoh”
Foto: Telegram / “Nigoh”

Bugungi kunga qadar Tokio, Shanxay, Vashington, Moskva, Minsk, Boku, Mozori-Sharif, O‘sh, Dushanbe kabi shaharlarda Alisher Navoiyga yodgorlik o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 16-dekabr kuni Seulga bordi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Seulda bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda O‘zbekiston–Koreya do‘stlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Eng avvalo, “yashil” iqtisodiyot, raqamlashtirish, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik bo‘yicha dastur va loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya Milliy assambleyasi rahbariyati, ushbu mamlakatning eng yirik kompaniya va bank-moliya institutlari vakillari bilan uchrashadi.

Tashrif 18-dekabrgacha davom etadi va uning yakunida salmoqli ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga doir: Nur-Sulton shahrida Alisher Navoiy haykali o‘rnatiladi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar