Daryo

Turli obrazlarga mos tushadigan 13 ta kuzgi kiyim (foto)

Rang-barang, detallari bor va charm matoli kamar istalgan zerikarli obrazga o‘ziga xoslik bag‘ishlashi mumkin

4 daqiqa o‘qish44 238 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Marie Claire

Kuz qiziqarli obrazlar yaratish va tabiat go‘zalligidan ilhomlanib rang-barang ko‘rinish uchun ayni muddao hisoblanadi. Unda noodatiy kiyinish uchun esa garderobdan quyidagi kiyim-kechaklar o‘rin olgan bo‘lishi kerak.

Sviter

Foto: Marie Claire

Sovuqda issiqqina yurishni va shu bilan birga o‘ziga xos ko‘rinishni istasangiz, oversize uslubdagi sviter xarid qilishni unutmang. Uni deyarli hamma kiyim-kechak: keng turadigan klassik bichimli shim, djinsi, plissirovkali yubka va hatto shifon ko‘ylak bilan ham moslashingiz mumkin.

Foto: Marie Claire

Keng turadigan, yorqin ranglisini tanlang, matosi iloji boricha tabiiy bo‘lsin. Yomg‘irli havo uchun shaftoli, limon rang va yashil variantlar ayni muddao.

Kostyum

Foto: Marie Claire

80-yillarga xos jiddiy uslubda bichilgan kostyumlar sovuq mavsumda har qachongidan ham dolzarb bo‘ladi. Och rangdagi modellarni sandiqqa solib, klassik ko‘rinishdagi katak printli variantlarga e’tibor qarating. Jun yoki qattiq paxta matosidan tikilgan Chanel va Chloé, Calvin Klein’dan tortib Max Mara’gacha bo‘lgan brendlar taqdim qilgan kolleksiyadan bu borada ilhomlansangiz bo‘ladi. Klassik shim, midi uzunligidagi yoki burmali kalta yubka bunday oversize uslubidagi ustki kiyim bilan ham juda o‘ziga xos ko‘rinadi.

Klassik uslubdagi palto

Foto: Marie Claire

Qaymoq rang, ko‘rinishi xalatni esha soladigan universal paltolar hech qachon urfdan qolmaydi. Uning bog‘ichi yoki cho‘ntakli variantni olish o‘z xohishingizga bog‘liq. Rang borasida yashil, to‘q qizil paltolarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.

Krossovka

Foto: Marie Claire

Krossovkalar boshqa sport uslubidagi xudi, ustki kiyim va poyabzallar singari bu mavsumda ham urfda. Tag qismi qalin futuristik uslubdagi modellarni kiyim bilan moslash borasida aslo cheklanmaslik kerak. Ularni shifon va hatto no‘xat printli kostyumlar bilan kam birga uyg‘unlashtirsa bo‘ladi.

Djinsi matosidan tikilgan kiyim-kechaklar

Foto: Marie Claire

Kuz-qish mavsumi uchun garderobingizni djinsidan tikilgan kiyim-kechak: shim, yubka, sarafan, kombinezon va hatto kurtka bilan ham boyitishingiz mumkin. Turli keng bichimdagi modellarga e’tibor qaratishingiz, ularni istalgan qalin sviter bilan moslashingiz va obrazni sport uslubidagi poyabzaldan tashqari, klassik modellar bilan ham tugatishingiz mumkin.

Trench

Foto: Marie Claire

Kuz va qish uchin klassik uslubdagi och jigarrang, belbog‘ va tugmali ustki kiyim ya’ni trenchlardan-da, yaxshirog‘i bo‘lmaydi. Uni rang-barang kiyimlar ustidan kiyish, sharf yoki ro‘mol bilan o‘rab qiziqarli obrazga ega bo‘lish mumkin. Aynan qandayini tanlashni bilmayotganlar MSGM va Antonio Marras brendlari taqdim qilgan variantlardan ilhomlanishi mumkin.

Bachkana bo‘lmagan sumkalar

Foto: Marie Claire

Ichiga hamma narsa sig‘adigan, charm matosidan tikilgan va shu bilan birga jiddiy uslubdagi sumkalarsiz kuzgi obraz tamoman o‘ziga xos ko‘rinmaydi. Ularni qanday rangdaligini tanlash esa didingiz va xohishingizga havola.

Katak-katak printli jaket

Foto: Marie Claire

Katak-katak ustki kiyimlar hamisha dolzarbligini yo‘qotmagan va shu bilan birga mazkur mavsumda har qachongidan yetakchi ekani bilan e’tiborliga molik. Kostyum, jaket yoki paltoning shunchaki katakligi emas, boshqa print aralashganini ham hech ikkilanmay tanlasangiz bo‘ladi. Salqinda ichidan sviter kiyib ko‘ngildagidek ko‘rinishga ega bo‘lishingiz hamda issiqqina yurishingiz mumkin.

Ko‘ylak

Foto: Marie Claire

Ko‘ylaklar borasida qattiq matodan tikilgan va ortiqcha detallarsiz modellarga e’tibor qarating. Keng bichimlisi bilan kamar taqishingiz yoki ustidan jemfer va botford kiyishingiz mumkin. Qanchalik g‘alati tuyilmasin shifon, atlas va ipak matosidan tikilgan ko‘ylaklar kuz uchun universal variant hisoblanadi. Ularni qalin chokli jemferlar, jinsi kurtka bilan kiyib noodatiy ko‘rinishga ega bo‘lishingiz mumkin.

Plissirovkali yubka

Foto: Marie Claire

Midi uzunligidagi plissirovkali yubkani istalgan kofta va poyabzal bilan ofis yoki o‘qishga kiysangiz bo‘ladi. Yangi mavsumda esa charm, baxmal matodan tikilgan nosimmetrik bichimlar dolzarb bo‘ladi. Uning ustidan kamar taqib, katak printli jaketlar bilan moslashingiz mumkin. Qancha qalin matodan tikilgan va to‘q rangli bo‘lsa, shuncha yaxshi.

Qattiq matodan tikilgan kombinezon

Foto: Marie Claire

Bir vaqtlar yaxshi ko‘rib kiygan keyinchalik esa sandiqqa joylab qolgan kombinezonlarni bemalol olib kiyishingiz mumkin. Qattiq paxtadan, djinsi va asosan kostyum tikishda ishlatiladigan matoli modellar bo‘lsa yana yaxshi. Bu borada Kendall Jenner, Bella Xadid va Viktoriya Bekhem singari moda ixlosmandlarining obrazidan ilhomlanishingiz mumkin. Bunday kombinezonni poshnali yoki bog‘ichli botinkalar bilan hech ikkilanmasdan moslasangiz bo‘ladi.

Old qismi uchli etiklar

Foto: Marie Claire

“Kazaki” sifatida ma’lum bo‘lgan uchli, ammo poshnasi qulay mazkur poyabzallar bilan juda ham nafis va didli ko‘rinishingiz mumkin. Qolaversa, bunday poyabzallar istalgan obrazga mos tushishi bilan ham o‘ziga xosdir. Shifon ko‘ylak, jinsi yoki qalin matodan tikilgan midi uzunligidagi yubka — qay birini tanlash o‘zingizga havola.

Belga urg‘u beradigan kamar

Foto: Marie Claire
Rang-barang, detallari bor va charm matoli kamar istalgan zerikarli obrazga o‘ziga xoslik bag‘ishlashi mumkin. Yangi mavsumda och charmdan tikilgan, keng modellar urfda bo‘ladi. Ularni oversize uslubidagi sviter, jaket va keng trench ustidan ham taqsa bo‘ladi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar