Hatto sarvqomat ayol va qizlarni ham xunuk ko‘rinib qolishiga sabab bo‘ladigan, obrazning ko‘ngilsiz chiqishiga olib keladigan kiyimlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Noto‘g‘ri berilgan urg‘u

Bunday ko‘ylak qomatga yopishib turishidan tashqari, undagi asosiy urg‘u qorin qismiga berilgan bo‘ladi. Natijada qomatdagi kamchiliklar yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Bundan qochish uchun asosiy urg‘u belda bo‘lishiga e’tibor qarating.
Yupqa mato

Hatto qorin qismi keng tursa ham yupqa matodan tikilgan ko‘ylak, bu qomatning bu qismini katta ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. Qattiq bo‘lmagan matolar qomatda chiroyli turmaydi. Son, bel, qorin sohasidagi muammolar bilinib turadi.
Yaltiroq material

Yaltiroq, piston va toshlari bor ko‘ylak qomatni yupqa matodan kam muammoli ko‘rsatmaydi. Bunday modellarda hatto kichkina qorin ham kattaroq ko‘rinishiga sabab bo‘lishi mumkin. Mazkur bichimli ko‘ylaklar qomatga yopishib, tanadagi burmalarni ko‘zga tashlanib turishiga olib kelishi mumkin. Shu sabab ham tanlov borasida bunday variantlarga e’tibor qilmaslik tavsiya qilinadi.
Noto‘g‘ri bichim









