Oktabr oyida Birlashgan millatlar tashkilotining Butunjahon oziq-ovqat dasturi ijrochi direktori Devid Bizli CNN’ga bergan intervyusida milliarder Ilon Mask boyligining 2 foizi (taxminan 6 milliard AQSh dollari) 42 million aholini bir yil davomida ochlikdan qutqarishi mumkinligi haqida gapirgandi.

Butunjahon oziq-ovqat dasturi Twitter’dagi ushbu xabarim ostiga 6 milliard dollar mablag‘ bilan dunyoda odamlar ocharchiligi muammosini hal etishni tavsiflab bersa, Tesla aksiyalarini sotib, rejani amalga oshirishga pul beraman.
Biroq bunda ochiq buxgalterlik hisob-kitobi bo‘lishi zarur, ya’ni jamoatchilik pullarning nima uchun va qanday sarflanayotganini ko‘rishi, bilishi kerak.15-noyabr kuni Butunjahon oziq-ovqat dasturi milliarderlarga murojaat yo‘lladi va unda 6,6 milliardlik rejaning qay yo‘sinda amalga oshirilishi haqida ma’lumot berdi.
Ocharchilik mislsiz inqiroz. Biroq undan qutulib qolish mumkin. @elonmusk, Siz aniq reja va ochiq hisob raqamini so‘ragan edingiz. Mana u! Biz siz bilan va yana boshqa har qanday kimsa bilan odamlar hayotini qutqarish masalasiga jiddiy yondashgan holda muammoni o‘rganishga, muhokama qilishga tayyormiz. 2022-yilda ocharchilikning oldini olish uchun 6,6 milliard dollar kerak bo‘ladi.Ushbu pullarning 3,5 milliardi oziq-ovqatlar xaridi, ularni havo, yer usti yoki suv yo‘li orqali yetkazib berish, haydovchilar maoshi va harbiy nizolar sodir bo‘layotgan hududlarda yetkazib beruvchilarga hamrohlik qiluvchi odamlarga sarflanadi. 2 milliard dollar moliyaviy ko‘makka muhtoj aholi uchun pul yoki oziq-ovqat kuponlari ajratishga ishlatiladi, ular yordamida mamlakatlar mahalliy iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash mumkin.
700 million dollar 43 ta mamlakatda yeguliklarni tarqatish dasturi va vaucherlarga sarflanadi. 400 million dollar miqdoridagi mablag‘ ma’muriy sarf-xarajatlar, moddiy ta’minotni muvofiqlashtirish, yetkazib berish shartnomalari, dunyodagi vaziyatni monitoring va tahlil qilishga ketadi.
Iyul oyida BMT COVID-19 koronavirus pandemiyasi tufayli dunyoda ocharchilik muammosi murakkablashgani, jahon bozorida mahsulotlar yetishmovchiligi kuzatilayotganini ma’lum qilgan.
BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi bergan axborotga ko‘ra 2021-yil noyabr boshi holatiga ko‘ra, 43 ta mamlakatdagi 45 million aholi ocharchilikdan aziyat chekmoqda. Yil boshida ushbu raqam — 42 millionni, 2019-yilda esa 27 millionni tashkil qilgan.Mavzuga doir: Jahonda oziq-ovqat narxlari so‘nggi 10 yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Oktabr oxirida Ilon Mask Forbes reytingi tarixidagi eng boy odamga aylangan, noyabr boshida uning boyligi 300 milliard dollardan oshgan, biroq keyinchalik Tesla aksiyalari narxining pastlashi tufayli Mask ikki kunda 50 milliard dollar yo‘qotgani, aksiyalar narxi tadbirkor Twitter’da so‘rovnoma o‘tkazgandan so‘ng tushib ketgani xabar qilingandi.Mavzuga doir: Ilon Mask Teslaning yana 930 million dollarlik aksiyalarini sotdi








