Daryo

Ilon Mask Teslaning yana 930 million dollarlik aksiyalarini sotdi

U aksiyalarni sotish soliq to‘lashning yagona yo‘li, deb aytgan

1 daqiqa o‘qish28 226 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Tesla bosh direktori Ilon Mask o‘z avtokompaniyasining yana 934 091 ta aksiyasini 930 million dollarga sotdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: Reuters

Bir kun avval Tesla aksiyalari deyarli 2 foizga arzonlashib, har birining narxi 1013,39 dollarni tashkil etgan, kompaniya kapitallashuvi esa 207 milliard dollarga pasaygan.

Mask noyabr oyida Tesla aksiyalarini sotishni boshladi. O‘tgan hafta u 2 millionga yaqin qimmatli qog‘ozlarni sotgan, ularning qiymati taxminan 2,5 milliard dollarni tashkil etgan. Keyinroq Twitter’da o‘zi tashkil qilgan so‘rovnoma natijasida u aksiyalardagi ulushidan yana ikki qismini sotdi. So‘rovnomada biznesmen obunachilardan Tesla aksiyalarining 10 foizini sotish kerakmi yoki yo‘qligini so‘ragandi. U aksiyalarni sotish soliq to‘lashning yagona yo‘li, deb aytgan.

15-noyabr kuni tadbirkor Tesla aksiyalarini yanada ko‘proq sotishga tayyorligini ma’lum qildi. Shu orqali u kongressmen Berni Sandersning o‘ta boy amerikaliklarni adolatli soliqqa tortishga chaqirgan bayonotiga munosabat bildirdi. Ilon Mask AQShda “milliarderlar uchun soliq” joriy etilishiga qarshi chiqqan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar