Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi 4-noyabr kuni oliy ta’lim muassasalari milliy reytingini e’lon qilishga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etdi. Bu haqda inspeksiya axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Reyting natijalariga ko‘ra, yetakchi o‘rinni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti egallagan. Yuqori beshtalikni- O‘zbekiston milliy universiteti,
- Toshkent tibbiyot akademiyasi,
- Samarqand davlat universtiteti,
- Toshkent moliya instituti to‘ldirgan.
- Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti,
- Navoiy davlat pedagogika instituti,
- Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti,
- Nukus davlat pedagogika instituti,
- Qo‘qon davlat pedagogika instituti joy olgan.

- Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti;
- Navoiy davlat konchilik instituti;
- Toshkent davlat agrar universiteti.

Ma’lum bo‘lishicha, OTMlardagi ilmiy salohiyat so‘nggi uch yilda o‘rtacha 4,2 foizga oshgan. Nufuzli xalqaro jurnallardagi ilmiy maqolalar soni o‘tgan yilga nisbatan 2 barobarga oshib, 15170 taga yetgan. Xorijiy talabalar soni esa 1,5 barobarga o‘sdi va 4760 nafarni ko‘rsatgan.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonga xorijiy professor-o‘qituvchilari va talabalari kelib faoliyat olib borayotgan davlatlar soni ikki baravar oshib, 62 tani tashkil etgan. Eng ko‘p xorijlik professor-o‘qituvchilar Turkiya, Belarus, Janubiy Koreya, Rossiya davlatlaridan tashrif buyurgan. Eng ko‘p talabalar Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Pokiston, Afg‘onistondan kelgan.
Bundan tashqari, oliygohlarning ilmiy salohiyati reytingi ham e’lon qilingan. Unga ko‘ra, yuqori o‘rinlarni quyidagi OTMlar egallagan:- Toshkent moliya instituti;
- O‘zbekiston milliy universiteti;
- Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;
- O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi;
- Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;
- Samarqand davlat universiteti.

Ilk marotaba tuzilgan OTM filiallari reyting natijalariga ko‘ra, yuqori o‘rinni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali egallagan. Eng oxirgi o‘rinda esa Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali qayd etilgan.
Inspeksiya xabariga ko‘ra, mazkur reytinglarni tuzishdan maqsad filiallarning ta’lim sifatiga bo‘lgan hisobdorligini oshirish va ularni ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha mehnatlarini rag‘batlantirish hisoblanadi.









