Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh milliy razvedkasi direktorining ofisi (ODNI) SARS-CoV-2 koronavirusning kelib chiqishi borasidagi razvedka hamjamiyatlarining maxfiy xulosalarini e’lon qildi, deb xabar beradi “RBK”.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Mamlakatning aksariyat razvedka idoralari virus biologik qurol sifatida ishlab chiqilmagan va “gen muhandisligi yordamida yaratilmagan bo‘lishi mumkin” deb hisoblaydi. Ammo ikkita idora bu kabi baholash uchun “yetarlicha ma’lumotlar bo‘lmagan” deya ta’kidlagan.

Razvedka hamjamiyatlarining fikricha, Xitoy hukumati SARS-CoV-2 ning mavjudligi haqida Uxanda koronavirus infeksiyasi yuzaga kelmaguniga qadar bexabar bo‘lgan.

Hisobot mualliflari koronavirusning paydo bo‘lishi borasida yagona xulosaga kela olmagan. Asosan ikkita versiya inobatga olinmoqda: virusning hayvondan insonga tabiiy yo‘l orqali yuqishi yoki “laboratoriya bilan bog‘liq mojaro”.

Ta’kidlanishicha, koronavirusning paydo bo‘lishi borasida yakuniy xulosaga kelish uchun Xitoyning hamkorligi zarur. Ammo hujjatda qayd etilishicha, Pekin “global tergovga qarshilik ko‘rsatishni davom etmoqda”, ma’lumotlar almashinuvini qo‘llab-quvvatlamayapti va “boshqa mamlakatlar, jumladan, AQShni ayblamoqda”.

Avgust oxirida e’lon qilingan AQSh Milliy razvedka boshqarmasi hisobotida ham shunga o‘xshash xulosalar bayon etilgan edi. Unda aytilishicha, koronavirus Xitoy tomonidan biologik qurol sifatida yaratilmagan va xitoylik amaldorlar SARS-CoV-2 ning ilk o‘choqlari paydo bo‘lmagunga qadar virus haqida ma’lumotga ega bo‘lmagan.

Xitoy bu hisobotni ilmiy jihatdan noaniq deb topgan. Unga ko‘ra, AQSh razvedkasi o‘z xulosalarini XXRning “aybdorligi haqidagi taxminga” asoslagan. Pekin Vashingtonni “koronavirusning kelib chiqishini siyosiylashtirishni to‘xtatishga” chaqirdi. Xitoylik olimlar SARS-CoV-2 qanday paydo bo‘lgani to‘g‘risida o‘z tadqiqotlarini olib bordi va uning sun’iy yaratilgani ehtimoldan yiroq degan xulosaga keldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda yashil energetika davri boshlanganiga uch yil boʻldi. Nimalar oʻzgardi?
Mahalliy
Fotoreportaj: Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namangan
Sport
Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi