Daryo

iPhone 13 Pro Max’ning quvvati uch kungacha yetadi. Yangi test natijalari e’lon qilindi

Test davomida iPhone 13 Pro Max’ning quvvati veb-sahifalarni uzluksiz 18 soat 52 daqiqa o‘qishga yetishi ma’lum bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish63 992 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IXBT

iPhone 13 Pro Max qurilmasi Apple kompaniyasi tarixidagi avtonomligi eng yuqori smartfonga aylandi. Apparatga sig‘imi 4352 mA/soatli akkumulyator o‘rnatilganiga qaramay, u sig‘imi 5000—6000 mA/soatga teng akkumulyatorlari mavjud Android smartfonlardan ancha yaxshi ishlaydi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

PhoneArena resursi tomonidan e’lon qilingan maqolada qayd etilishicha, iPhone 13 Pro Max’dan kundalik oddiy rejimda foylanilganida uning quvvati 3 kunga yetgan va quvvat darajasi 7 foiz qolgan. Bunda ekrandan kuniga uch soatga yaqin foydalanish nazarda tutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, dam olish kunlari quvvatlantirgichsiz safarga otlanilsa, energiya tejamkorligi rejimini yoqish kerak, u ekrandagi tasvirning maksimal yangilanish chastotasini 60 gertsga qadar bloklaydi, bu esa akkumulyator quvvatini yanada ko‘proq tejash imkonini beradi.

Test davomida iPhone 13 Pro Max’ning quvvati veb-sahifalarni uzluksiz 18 soat 52 daqiqa o‘qishga yetishi ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, bir marta to‘lgan quvvat bilan YouTube’da 10 soat 23 daqiqa video ko‘rish yoki 10 soat 29 daqiqa 3D-o‘yinlarni o‘ynash mumkin.

Avvalroq amerikalik shifokor iPhone 13 Pro Max’ning kamerasidan ko‘z kasalliklariga tashxis qo‘yishda foydalanib ko‘rgani, iPhone 13 Pro Max avtonomlik bo‘yicha Galaxy S21 Ultra’ni ortda qoldirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar