Daryo

Apple’ning yangi taqdimoti sanasi ma’lum bo‘ldi. Unda nima namoyish etiladi?

Mish-mishlarga ko‘ra, tadbirda yangi MacBook namoyish etiladi

1 daqiqa o‘qish27 508 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Apple’ning mahsulot marketing bo‘yicha vitse-prezidenti Greg Jozviak kompaniyaning yangi taqdimoti qachon o‘tkazilishini ma’lum qildi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Reuters

Apple o‘zining yangi qurilmalari taqdimotini 18-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da o‘tkazadi. Mish-mishlarga ko‘ra, tadbirda yangi MacBook namoyish etiladi.

“M-seriya protsessori bazasidagi yangi unumdor maxluqlarning vaqti keldi”, — deb yozadi Twitter’dagi TechnicalGuruji niki ostidagi bloger.

Apple’ning translyatsiyasi davomida aynan qaysi qurilmalar taqdim etilishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Apple’ning bundan oldingi taqdimoti 14-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan va unda kompaniyaning bir nechta yangi mahsulotlari — iPad (2021), iPad mini 6, Apple Watch Series 7, iPhone 13, iPhone 13 mini, iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max taqdim etilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar