• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Gadjetlar

    iPhone 13 taqdimoti: kichraytirilgan “qosh” va Android’dagi uzoq kutilgan “fishka”lar (foto va video)

    Kuni kecha Apple kompaniyasi bir nechta yangi mahsulotlari — iPad (2021), iPad mini 6, Apple Watch Series 7, iPhone 13, iPhone 13 mini, iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max’ning taqdimotini o‘tkazdi.

    Foto: “Afisha.uz”

    Foto: “Afisha.uz”

    iPad (2021)

    Foto: “Afisha.uz”

    Foto: “Afisha.uz”

    Tim Kuk o‘z taqdimotini Kaliforniyaga bo‘lgan iliq so‘zlar bilan boshlab, Apple TV+ striming-platformasining yutuqlari haqida gapirdi. So‘ngra esa tomoshabinlarga kompaniya planshetining asosiy modeli — yangilangan iPad (2021) ko‘rsatildi.

    Yangilangan iPad ichidagi birinchi yangilik Apple A13 Bionic chipidir. U yetti nanometrli texnik jarayon yordamida ishlab chiqarilgan va oldingi avlodga nisbatan samaradorlikni 20 foizga oshirgan. Shuningdek, ta’kidlanishicha ushbu iPad eng ommabop Android planshetdan olti barobar tezroq ishlaydi.

    Foto: “Afisha.uz”

    Foto: “Afisha.uz”

    Bundan tashqari, asosiy protsessordan tashqari, tasvirni qayta ishlash uchun qo‘shimcha chip o‘rnatilgan. Endi old kamera 12 megapikselli va ko‘rish burchagi 122 darajaga teng. Bunday keng burchakka ega bo‘lish orqali Zoom, FaceTime va boshqa ilovalarda, shu jumladan, TikTok’da ishlaydigan avtomatik mavzuni markazlashtirish amalga oshirilgan.

    Planshet ekrani – diagonal bo‘yicha10,2 dyuym, True Tone va birinchi avlod Apple Pencil’ni qo‘llab-quvvatlaydi. Gadjet ikkita rangda taqdim etilgan: kumushsimon va kosmik kulrang. AQShda 64 Gb versiyasining narxi 329 dollardan boshlanadi.

    iPad mini 6

    Planshetdan so‘ng iPad Air dizaynining oltinchi avlodi, displey atrofi simmetrik hoshiyalangan va tekis qirrali — yangi iPad mini namoyish etildi. Mahsulot 4 xil rangda: binafsha, pushti, porloq yulduz va kosmik kulrang. Yangi iPad korpuslari qayta ishlangan alyuminiydan yasalgan.

    Yangilangan versiya Real Tone’ni qo‘llab-quvvatlaydi va diagonali 8,3 dyuymli, Liquid Retina displeyiga va eng past aks ettirish koeffitsiyentiga ega. Shuningdek, Touch ID barmoq izi skaneri quvvat tugmasiga o‘tkazilgan. Planshetda ikkita kamera bor: asosiy va 12 megapikselli old kamera, Smart HDR va 4K videoni qo‘llab-quvvatlaydi.

    Foto: “Afisha.uz”

    Foto: “Afisha.uz”

    Apple’ning ta’kidlashicha iPad mini yangi avlodining samaradorligi 40 foizga tezroq va grafik ko‘rsatkichi oldingi avlodga qaraganda 80 foiz yuqori. Bularning barchasi yangi Apple A15 Bionic chipi tufayli. Endi qurilma USB-C orqali zaryadlanadi. Yangi razyom tufayli iPad mini’ga hatto ultratovushli qurilmani ulash mumkin. Qurilma ikkinchi avlod Apple Pencil’ni qo‘llab-quvvatlaydi.

    AQShda rasmiy narxi SIM kartasiz 64 Gb versiyasi uchun 499 dollardan, nanoSIM, eSIM va 256 Gb bilan yuqori darajali konfiguratsiya uchun 799 dollargacha belgilangan.

    Apple Watch Series 7

    Planshetlardan so‘ng tomoshabinlarga darhol yangi Apple Watch Series 7 namoyish etildi. Soatning kichik versiyasi 40 dan 41 millimetrga, katta versiyasi esa 44 dan 45 millimetrgacha kattalashtirilgan.

    Shuningdek, gadjet ekrani deyarli hoshiyalarsiz bo‘lib, butun old panelni egallaydi; displey Series 6 dan 40 foizga katta va 70 foizga yorqinroq. Kompaniya endi soatga oltinchi avlodga nisbatan 50 foiz ko‘p matn sig‘ishini ham eslatib o‘tgan. Bundan tashqari, Watch 7 yangi siferblat va IP6X himoya sinfiga ega bo‘lgan.

    Foto: “Afisha.uz”

    Foto: “Afisha.uz”

    Yangi soat oldingi modelga qaraganda 33 foizga tezroq zaryadlanadi. Zaryadlash USB-C orqali amalga oshiriladi. Apple Watch Series 7 ning alyuminiy versiyasi beshta rangda taqdim etilgan: qora, tillarang, ko‘k va qizil, shuningdek, yangi zaytun rangida.

    AQShda yangi mahsulotlarning rasmiy narxi 399 dollardan boshlanadi. Apple’ning veb-saytida Watch Series 3 199 dollar, Apple Watch SE 279 dollar narxida sotilmoqda.

    iPhone 13 va 13 mini

    Yangi soatlardan so‘ng kompaniya taqdimotning asosiy qahramoni — iPhone 13 lineykasiga o‘tdi. Yangi iPhone 13 va 13 mini Face ID uchun qirqimning uzunasiga kichraytirilgan, modullari diagonal joylashgan kamera bloki va Apple A15 Bionic chipiga ega bo‘lgan.

    iPhone 13 va 13 mini displeylari avvalgidek diagonalda qolgan: mos ravishda 6,1 va 5,4 dyuym. Shuningdek, kompaniyaning ma’lum qilishicha, smartfonlardagi “qosh”lar 20 foizga ingichkalashtirilgan va qurilmalarning ichki tuzilishini kattaroq batareyalarga moslashtirish uchun butunlay qayta ishlangan. Displeyning yorqinligi 28 foizga yuqori, yangilanish tezligi esa o‘zgarishsiz qolgan — 60 Gts.

    Foto: “Afisha.uz”

    Foto: “Afisha.uz”

    Gadjetda besh nanometrli texnologiya bo‘yicha ishlab chiqarilgan Apple A15 Bionic chipi mavjud. Apple’ning aytishicha, mahsulot o‘zining eng yaqin raqibidan 50 foiz tezroq ishlaydi. Shu bilan birga grafika — eng yaqin raqobatchidan 30 foiz kuchliroq. Ammo gap qaysi raqib haqida ketayotgani ma’lum emas. IPhone 13 batareyasining ishlash muddati mini modelga qaraganda 1,5 soat, “oddiy” iPhone 13 ga nisbatan esa 2,5 soat ko‘proq ishlaydi.

    Foto: “Afisha.uz”

    Foto: “Afisha.uz”

    IPhone 13 va 13 mini smartfonlarida uchta kamera mavjud: 47 foiz ko‘proq yorug‘likni qamrab oluvchi, matritsaning siljishi bilan optik stabilizatsiyani qo‘llab-quvvatlaydigan 12 megapikselli asosiy, shuningdek, old va keng burchakli kamera. iPhone 13 tarkibidagi kamera ilovasiga avtofokusni moslashuvchan boshqarish, kadrdagi narsalarni silliq almashtirish yoki ushlab turish imkonini beruvchi kinematik suratga olish rejimi ham qo‘shilgan.

    Foto: “Afisha.uz”

    Foto: “Afisha.uz”

    Korpusning beshta yangi rangda: pushti, ko‘k, qorong‘i tun, porloq yulduz va PRODUCT (RED). AQShda rasmiy narxlar:

    • 128 Gb: iPhone 13 mini — 699 dollar; iPhone 13 — 799 dollar;
    • 256 Gb: iPhone 13 mini — 799 dollar; iPhone 13 — 899 dollar;
    • 512 Gb: iPhone 13 mini — 999 dollar; iPhone 13 — 1099 dollar
    iPhone 13 Pro va 13 Pro Max

    “Oddiy” iPhone 13 dan so‘ng Apple vakillari Pro versiyalar — iPhone 13 Pro va 13 Pro Max’ni e’lon qilishga o‘tishdi. Smartfonlarning orqa tomoni yaltiramaydigan oyna, qirralari zanglamaydigan po‘latdan ishlangan, shuningdek, IP68 standartiga muvofiq suvdan himoyalangan.

    Ikkala versiya ham diagonalining kichikroq versiyasida 6,1 dyuymli va kattaroq versiyasida 6,7 ​​dyuymli kesilgan uzunlikdagi qisqartirilgan Super Retina XDR ekranlariga ega bo‘lgan. Ekranlar Ceramic Shield oynasi bilan qoplangan va 10 dan 120 Gts gacha bo‘lgan tasvirni moslashtirish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi — bu xususiyat Android smartfonlarida bir necha yillardan beri mavjud. Maksimal yorug‘lik 1000 nitga teng.

    Foto: “Afisha.uz”

    Foto: “Afisha.uz”

    Yangi gadjetlarga Apple A15 Bionic chipi o‘rnatilgan va hozirda xotirasiga ko‘ra, to‘rtta variant mavjud: 128, 256 yoki 512 Gb va 1 Tb. Apple shuningdek, batareyaning ishlash muddatini uzaytirganini ham ma’lum qildi: iPhone 13 Pro iPhone 12 Pro’dan 1,5 soat, Pro Max versiyasi esa 2,5 soat ko‘proq ishlaydi. Operatsion tizim sifatida — yangi iOS 15.

    Yangi iPhone’lardagi eng katta o‘zgarish — bu kameralar:
    • 12 megapikselli asosiy sensori 1,9 mikrongacha kattalashtirilganligi tufayli past darajadagi yorug‘likda ham 92 foiz ko‘proq yorug‘likni ushlab turadi va yangi avtofokus tizimi bilan ta’minlangan;
    • keng burchakli kamerada katta diafragma mavjud bo‘lib, u “past nurda ishlashning sezilarli yaxshilanishini” ta'minlaydi, bu esa iPhone 12 Pro’ning 2,2 barobarigacha va iPhone 12 Pro Max’ning deyarli 1,5 barobarigacha ko‘p.

    Foto: “Afisha.uz”

    Foto: “Afisha.uz”
    iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max to‘rt xil rangda taqdim etilgan: grafit, kumushrang, tillarang hamda moviy. Rasmiy narxlari:
    • 128 Gb: iPhone 13 Pro — 999 dollar; iPhone 13 Pro Max — 1099 dollar;
    • 256 Gb: iPhone 13 Pro — 1099 dollar iPhone 13 Pro Max — 1199 dollar;
    • 512 Gm: iPhone 13 Pro — 1299 dollar iPhone 13 Pro Max — 1399 dollar;
    • 1 Tb: iPhone 13 Pro — 1499 dollar; iPhone 13 Pro Max — 1599 dollar;

    Foto: “Afisha.uz”

    Foto: “Afisha.uz”

    Taqdimotdan so‘ng Apple kompaniyasi rasmiy veb-saytini yangiladi va hozirda faqat quyidagi iPhone modellari rasman sotuvga qo‘yilishi aniq bo‘ldi.

    • iPhone 11 — 499 dollardan;
    • iPhone SE — 399 dollardan;
    • iPhone 12 mini — 599 dollardan;
    • iPhone 12 — 699 dollardan;
    • iPhone 13 liniyasi.

    Mavzuga doir: 

    • iPhone 13 Pro’ning noodatiy ranglardagi tasviri e’lon qilindi
    • iPhone 13 mobil operator bo‘lmagan taqdirda ham qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi
    • Apple kompaniyasi iPhone 13 lar narxini oshiradi
    • iPhone 13 va iPhone 12 orasidagi farq yangi kadrlar orqali namoyish etildi
    • Butkul yangicha dizayndagi Apple Watch soatlari kattaroq o‘lchamga ega bo‘ladi

    15.09.2021, 20:55   Izoh (0)   21515
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Facebook va Ray-Ban “aqlli” ko‘zoynaklar yaratdi. Ushbu gajdet suratga olish va telefonda gaplashish imkonini beradi

    11.09.2021, 17:57

    Huawei’ning imo-ishoralar orqali boshqariladigan smartfoni taqdim etildi

    09.09.2021, 10:43

    iPhone 13 smartfonlari taqdim etiladigan sana rasman ma’lum bo‘ldi

    08.09.2021, 20:23

    YouTube va Google’ning boshqa servislari millionlab qurilmalarda ishlashdan to‘xtaydi

    08.09.2021, 15:24

    iPhone 13 Pro’ning noodatiy ranglardagi tasviri e’lon qilindi

    07.09.2021, 11:58

    Bir kristalli platforma MediaTek, 50 Mp va 33 vatt. Redmi o‘zining yangi smartfonini taqdim etadi

    06.09.2021, 16:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    USAID’ning faoliyati butunlay tugatildi

    Dunyo | 3 iyul, 09:06

    Hansi Flik “Barselona” rahbariyatiga ikki futbolchini “sotilmaydigan” deb e’lon qilgan

    Sport | 3 iyul, 09:03

    AQSH Isroilga bunkerga qarshi bombalar yetkazib bermoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 08:34

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10

    Olimlar Fransiyada minglab dinozavr tuxumlarini topdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:50

    Ukraina AQSH yordamisiz qancha vaqt Rossiyaga qarshi tura olishi ma’lum qilindi

    Dunyo | 2 iyul, 23:35

    JSST dunyo mamlakatlarini tamaki va alkogol narxlarini oshirishga chaqirdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 2-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 2 iyul, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.