Daryo

Dunyodagi eng chiroyli giperkar deya 4,6 mln dollarlik Bugatti Bolide tan olindi

Giperkarga 1600 ot kuchini taqdim etishga qodir sakkiz litrli W16 dvigateli o‘rnatilgan

2 daqiqa o‘qish47 370 ko‘rishlar0 izoh0
Audi Q4 e-tron Sportback Foto: Audi

Parijda bo‘lib o‘tgan 36-avtomobillar festivalida mutaxassislar eng chiroyli avtomobillar o‘rtasida tanlov o‘tkazdi. 2021-yilda ekspertlar 16 ta yo‘nalish bo‘yicha transport vositasini baholagan. Birinchi o‘rin qiymati 4,6 million dollar turadigan Bugatti Bolide giperkariga topshirildi, deb xabar beradi Motor.

Bugatti BolideFoto: Bugatti

Giperkarlar yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblik uchun Mercedes-AMG One, GMA T.50, Bac Mono 2 va Bugatti Bolide o‘zaro kurashdi. 40 nusxada chiqarilgan Fransiyaning tajribaviy modelga hakamlar hay’ati eng yuqori bahoni bergan. 1600 ot kuchini taqdim etishga qodir sakkiz litrli W16 dvigateli, shuningdek, shaklini o‘zgartirishga qodir havo panjaralari va avtomatik o‘t o‘chirish tizimi bilan jihozlangan giperkar narxi 4,6 million dollarni tashkil etadi.

Bugatti BolideFoto: Bugatti
Renault MorphozFoto: Renault

Eng chiroyli superkar yo‘nalishi bo‘yicha birinchilik Maserati MC20’ga nasib etdi. Unga Lamborghini Sian, Ferrari Portofino M va Aston Martin V12 Speedster raqiblik qilgan. Mutaxassislar konsept-karlar orasidan Tesla Cybertruck, Renault Morphoz va GFG Style Bandini Dora’ni tanlagan. Ekspertlar tomonidan eng chiroyli futuristic avtomobil deya Mercedes-Benz Vision AVTR tan olingan. Shou-karlar reytingida esa birinchilik Audi Q4 e-tron Sportback’ka nasib etdi, u BMW i4, Nissan Z Proto va Reanult Megani E-Vision’ni ortda qoldirgan.

Maserati MC20Foto: Maserati
Mercedes-Benz Vision AVTRFoto: Mercedes-Benz

Eng chiroyli interyer boraida birinchilikni kutilmaganda Honda e ixcham elektroxetcheki qo‘lga kiritgan. Eng yaxshi eksteryer dizayneri sifatida Hyundai Prophecy konsepti uchun Sang Yup Li tan olingan.

Audi Q4 e-tron SportbackFoto: Audi
Honda EFoto: Honda
Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar