Daryo

Qamchiq dovonida qor yog‘di (video)

YHXBB haydovchilardan bunday sharoitda keskin tormoz bermasliklarini so‘ragan

1 daqiqa o‘qish90 027 ko‘rishlar0 izoh0

Qamchiq dovonida 5-oktabr kuni kechasi qor yog‘di. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar qildi.

Boshqarma yo‘llar nam bo‘lganligi bois, haydovchilardan keskin tormoz bermasliklarini so‘ragan. Keskin tormoz — sirpanish holatlarini yuzaga keltirishi, buning oqibatida esa ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘lishi mumkinligi eslatib o‘tilgan.

“Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini, dovon yo‘lidan harakatlanib o‘tuvchilardan esa o‘ta ehtiyotkor bo‘lishlarini so‘raymiz”, — deyiladi YHXBB xabarida.

Bundan avval “O‘zgidromet” O‘zbekistonning aksariyat hududlarida 6-oktabr kuni yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda qor yog‘ishi mumkinligi haqida xabar bergandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar