Daryo

Eshitish qobiliyatining susayishiga ta’sir qiladigan odat va buyumlar

Blender, drel va shunga o‘xshash maishiy texnika vositalari eshitish uchun xavfli bo‘lishi mumkin

2 daqiqa o‘qish57 013 ko‘rishlar0 izoh0

Eshitish qobiliyatini yo‘qotish xavfli tuyilishiga qaramay, nima uchundir ko‘pchilik ehtiyotsizlik qiladi. Beparvolik va o‘z vaqtida shifokor ko‘rigidan o‘tmaslik esa nafaqat quloq, balki salomatlik bilan bog‘liq jiddiy oqibatlarga ham olib keladi.

Foto: Freepik

Qandli diabet, gipertoniya va xolesterin miqdorining yuqori ekani

Salomatligi haqida qayg‘uradiganlar uch muhim omil: xolesterin, qon bosimi va shuningdek, qondagi qand miqdorini nazorat qilib turishi kerak. Gap shundaki, ularning me’yordan baland ekani organizmdagi deyarli barcha tizimlarga, xususan, eshitish qobiliyatiga ham salbiy ta’sir qiladi. Qon aylanishi qanchalik yomon bo‘lsa, quloqdagi hujayralarning sezuvchanligi shunchalik kamayadi va bu tabiiyki eshitishga ham ta’sir qilmay qolmaydi.

Fen va boshqa soch quritadigan vositalar

Sochini muntazam ravishda fen yordamida quritadiganlarda eshitish bilan bog‘liq muammolar kelib chiqish xavfi yuqori bo‘ladi. Aslida jiddiy zarar sochni 8 soat davomida tinmay quritgandan keyin yetadi, lekin kundalik 10-15 daqiqalik jarayondagi shovqin ham turli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Musiqani baland qilib tinglash

Doimiy ravishda musiqani baland qilib tinglash, qimmatga tushishi, salomatlikka salbiy ta’sir qilishi mumkin. Quloqchinda musiqani 60 foiz va undan pastroq qilib tinglash xavfsiz ekanini esdan chiqarmang.

Ayrim dori vositalari

Yurak kasalliklarida tavsiya qilinadigan diuretiklar, kimyoterapiya va antibiotiklar eshitish bilan bog‘liq jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Shu sabab ham shifokor bilan maslahatlashib, turli o‘zgarishlar kuzatilganda boshqa dori vositasini muqobil sifatida qabul qilishni so‘rab ko‘ring.

Og‘riqsizlantiruvchi dori vositalari

“Aspirin”, “Ibuprofen” va ayrim boshqa retseptsiz qabul qilish mumkin bo‘lgan boshqa dori vositalari eshitishga sezilarli zarar yetkazishi mumkin. Quloqning shang‘illashi va shovqin eshitilishi ushbu preparatlarga xos vaqtinchalik nojo‘ya ta’sir hisoblanadi. Ammo ba’zida og‘riqsizlantiruvchi dori vositalarini doimiy ravishda qabul qilish eshitish qobiliyatini doimiy buzilishiga olib kelishi mumkin.

Yuqori harorat

Tana harorati yuqori bo‘lganda quloq ichidagi nervlar yallig‘lanish yoki kislorod yetishmasligidan shikastlanishi mumkin. Shikastlanish vaqtinchalik yoki doimiy bo‘lishi ham mumkin.

Jamoat transporti

Har kuni bir soat va undan ko‘proq vaqt davomida metro yoki elektrichkadan foydalanish eshitish qobiliyati uchun xavfli sanaladi. Agar bu sizga begona bo‘lmasa, doimiy ravishda eshitish darajasini tekshirtirish va yomonlashish kuzatilganda zarur choralar ko‘rish kerak.

Maishiy texnika va elektrli qurilmalar

Blender, drel va shunga o‘xshash maishiy texnika vositalari eshitish uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Shifokorlar shu sabab ham ulardan kamroq hamda iloji boricha uzluksiz foydalanmaslikni tavsiya qiladi. Yaxshisi 10 soniyadan uzoqqa bormasin. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar