Daryo

Video: Yog‘och bo‘lagidan Kia Sorento nusxasini yaratish jarayoni

Kia Sorento’ning nusxasini yasashda usta Futszyan sarvining yog‘ochidan foydalangan

1 daqiqa o‘qish32 804 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: YouTube

Vyetnamlik mashhur duradgorning YouTube’dagi Woodworking Art kanalida to‘rtinchi avlod Kia Sorento’ning mini nusxasini yaratish jarayoni tasvilangan video paydo bo‘ldi. Yog‘och bo‘lagi sekin-astalik bilan 1:11 masshtabda yetti o‘rindiqli krossoverga aylangan. U yagona nusxada yasalgan bo‘lib, uni Etsy orqali 918,34 funtga xarid qilish mumkin, deb xabar beradi Motor.

Kadr: YouTube

Kia Sorento’ning nusxasini yasashda usta Futszyan sarvining yog‘ochidan foydalangan. Yirik yog‘och bo‘lagidan u qil arra yordamida kuzov va g‘ildiraklarni yasagan, shundan so‘ng silliqlovchi mashina, arra va boshqa uskunalar yordamida mayda detallariga ishlov bergan.

Masalan, iskana yordamida vyetnamlik usta modelning old qismiga, radiatorning murakkab panjarasi va barcha yozuvlariga, shuningdek, motor bo‘lmasi, oynatozalagichi hamda mitti sharnirlardagi eshiklariga ishlov bergan. Ushbu uskuna bilan salonning old panelini qirqqan, rul chambaragi va o‘rindiqlari aylanadi.

Woodworking Art kanalidagi boshqa modellar kabi yog‘och Sorento metall amortizatorlar va zaxira g‘ildiragiga ega bo‘lgan. Video 10 daqiqadan ortiq davom etadi, ammo aslida uning ustida qancha vaqt ish olib borilgani noma’lum.

Avvalroq vyetnamlik duradgor Chiong Van Dao oddiy yog‘och bo‘laklaridan Ferrari 250 GTO nusxasini yaratish jarayoni tasvirlangan video bilan bo‘lishgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar