• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda 5 talabaning zaharlanib vafot etishida ayblangan ijarachi ayolga sud hukmi o‘qildi

    Toshkent shahri Yunusobod tumanida is gazidan zaharlanib vafot etgan ijarada turuvchi besh talaba o‘limida ayblangan ayolga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Toshkent shahar sudining Jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik bo‘yicha bosh konsultanti Sadoqat Allaberganova “Daryo”ga ma’lum qildi.

    Foto: “Xabar.uz”

    Foto: “Xabar.uz”

    Aniqlanishicha, sudlanuvchi ayol olti nafar talaba bilan qonuniy ijara shartnomasi tuzmay, ularni hayot uchun xavfli va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagan uyiga ijaraga qo‘ygan. Qayd etilishicha, xonadon “Hududgaz poytaxt” MCHJning tuman filiali xodimlari tomonidan tekshirilgan.

    Ular isitish pechining dudburoni nosozligi: tortmayotgani, chirigani sababli qayta ulanmasligi, gaz idorasining mas’ul xodimi tomonidan isitish pechi dudburonining sozligi tekshirilgandan so‘nggina isitish pechini yoqish shartligi haqida ogohlantirgan.

    Biroq uy egasi ijarada yashovchi talabalarga gaz idorasi xodimi bilan telefon orqali gaplashib, undan og‘zaki ravishda ruxsat olganini aytgan va talabalarning o‘ziga dudburonni sozlashga ruxsat bergan.

    Shunga ko‘ra, ijarachilar o‘zlari bilganicha yerto‘lada joylashgan pech dudburonining quvurlarini to‘liq tozalamay, gazni yoqib, ijara uy xonalarini isitib kelgan. Bu orqali uy egasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan 2-ilova 139-qismining bir qancha bandlarini buzgan. Oqibatda ijarada yashovchi 5 nafar ijarachining murdalari noma’lum etiologik moddadan zaharlanish tashxisi bilan topilgan.

    Mavzuga doir: “O‘g‘limning to‘yiga sarpo qilish o‘rniga go‘rkovga tugun qilib o‘tiribman”. Toshkentda sirli ravishda vafot etgan besh talaba haqida

    Respublika sud-tibbiyot ekspertizasi Toshkent shahar Morfologiya bo‘limining xulosasiga ko‘ra, ijarachilarning o‘limiga is gazidan o‘tkir zaharlanish natijasida o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.

    Bundan tashqari, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 2021-yil 23-apreldagi kompleks ekspertiza xulosasiga ko‘ra, xonalarda o‘rnatilgan gaz uskunasi va jihozlari texnik va me’yoriy qoida talablariga asosan o‘rnatilmagani, amaldagi talablarga javob bermasligi, gaz uskunasi va jihozlarining dudburonlari to‘g‘ri o‘rnatilmagani amaldagi talablarga javob bermasligi aniqlangan.

    Holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida uy egasiga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Unda sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 102-moddasi 2-qismi (ehtiyotsizlik orqasidan ikki va undan ortiq odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topilgan va unga shu modda bilan 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

    Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrining Yunusobod tumani “Firdavsiy” mahallasi Injobod ko‘chasidagi uyda 27-fevral kuni soat, taxminan, 20:50 da besh nafar talabaning murdasi noma’lum moddadan zaharlanish alomatlari bilan topilgan edi. Ushbu fojiadan so‘ng talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash muammosi parlament darajasida muhokama qilindi, rektorlar ijarada yashaydigan talabalarning holidan xabar ola boshladi, fojiadan keyin bir qator universitetlar talabalar uchun mo‘ljallangan yangi turar joylarni foydalanishga topshirdi.

    23.09.2021, 18:11   Izoh (0)   70797
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida xonadonidagi gultuvaklarda giyohvandlik vositasi yetishtirib kelgan fuqaro ushlandi

    23.09.2021, 17:59

    Toshkent metropolitenida 13 yoshli qizga behayo harakatlar qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

    23.09.2021, 17:27

    Sirdaryoda Nexia yo‘l chetida turgan Cobalt’ga borib urildi (video)

    23.09.2021, 17:10

    Toshkent metropolitenida 13 yoshli qizga behayo harakatlar qilgan shaxs ushlandi

    23.09.2021, 16:40

    Toshkent viloyatida imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus MTT ochiladi

    23.09.2021, 16:33

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pastladi

    23.09.2021, 16:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Arab madaniyati olamiga sayohat: Dubayda nimalar qilish mumkin


    NRG va “Chegirmalar sehri”: NRG turar joy majmualarida maxsus takliflar e’lon qilindi!


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Tenge Bank’dan Shimbuloqqa sayohat yutib olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!


    HUAWEI smartfonlarida Google ilovalaridan foydalanish imkoniyatlari


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Kelinini o‘ldirgan seriyali jinoyatchi, chandiqli qotilning qilmishlari — Bir necha yillar o‘tib ochilgan dahshatli qotilliklar

    26.11.2024, 20:34
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shri Lankada ziyoratchilar bo‘lgan avtobus jarlikka quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 11 may, 18:35

    Hindiston va Pokiston bir-birini sulhni buzganlikda aybladi

    Dunyo | 11 may, 18:04

    Rossiya 30 kunlik sulh uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 11 may, 17:35

    Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

    O‘zbekiston | 11 may, 17:05

    “Bavariya” “Real” hamda “Barselona”ning rejalarini barbod qilishi mumkin

    Sport | 11 may, 17:03

    Mashhur otasining xohishiga qarshi chiqqan, 3 farzandli bo‘lsa ham Anna Kurnikovaga uylanmagan Enrike Iglesias 50 yoshda

    Layfstayl | 11 may, 16:35

    “Ruslar nihoyat o‘ylay boshlashdi” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.