Daryo

Tupak Shakurning BMW’si sotuvga qo‘yildi. 25 yil oldin bu mashinada reper o‘ldirib ketilgan

Qo‘shiqchining vafotidan keyin mashinaning egasi bir necha marta o‘zgargan

1 daqiqa o‘qish49 602 ko‘rishlar0 izoh0

Reper Tupak Shakur ichidaligida o‘ldirib ketilgan, 1965-yilga mansub BMW 750IL mashinasi 1,7 million dollarga sotuvga qo‘yildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.

Foto: Hot Cars

Ta’kidlanishicha, yuz bergan so‘nggi hodisadan keyin mashina yangilangan. Shikastlangan, aniqrog‘i o‘q teggan qismlar almashtirilgan. Qo‘shiqchining vafotidan keyin mashinaning egasi bir necha marta o‘zgargan.

Foto: “Korrespondent.net”
Foto: “Korrespondent.net”
Foto: “Korrespondent.net”

Qayd qilinishicha, Tupakning BMW’sini o‘sha sodir bo‘lgan otishma yeridan uncha uzoq bo‘lmagan – Las-Vegasdagi Celebrity Cars avtosalonidan xarid qilish mumkin.

Ma’lumot uchun, Tupak Shakur 1996-yil, Amerikaning sharqiy va g‘arbiy qirg‘oqlarining reperlari o‘rtasidagi mojaro vaqtida o‘ldirilgan. 2018-yilning iyul oyida unga o‘qni sobiq gangster Dueyn Kit Devisning jiyani Orlando Anderson otgani ma’lum bo‘lgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar