Daryo

Prezident farmoniga asosan 4 kishiga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berildi

Ularga oliy nishon — “Oltin yulduz” medali topshirildi

1 daqiqa o‘qish190 312 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga asosan 4 kishiga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon — “Oltin yulduz” medali topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA
Ular:
  • Muhammad Ahmedov — Buxoro viloyati “Madaniyat Muhammad Ismat” fermer xo‘jaligi rahbari;
  • Shavkat Ayupov — O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Matematika instituti direktori;
  • Ibrohim G‘ofurov — Yozuvchilar uyushmasi a’zosi;
  • Munojotxon Yo‘lchiyeva — O‘zbekiston davlat konservatoriyasi kafedra mudiri.
Ma’lumot uchun, “O‘zbekiston Qahramoni” oliy darajadagi unvon bo‘lib, 1994-yilda ta’sis etilgan. O‘zbekiston fuqarolariga davlat va xalq oldidagi qahramonona jasorat ko‘rsatish bilan bog‘liq xizmatlari uchun O‘zbekiston Prezidenti tomonidan beriladi. Unvon ayrim hollarda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslarga ham berilishi mumkin.

Ushbu unvon bilan taqdirlangan shaxsga oliy nishon — “Oltin yulduz” medali va unvon berilganligi to‘g‘risidagi hujjat topshiriladi. Ushbu medal 750 darajali (probali) oltin qotishmasidan tayyorlanadi va old tomonida har bir qirrasining ikki yonbag‘ridan oltin nurlar taralgan sakkiz qirrali yulduz shaklida bo‘ladi.

“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan shaxslar oylik ish haqiga yoki pensiyaga qo‘shimcha ravishda eng kam oylik ish haqi miqdorida oy sayin to‘lanadigan ustama mukofot oladi, qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan imtiyozlardan foydalanadi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar