Daryo

iPhone 13 lineykasi taqdim etiladigan va savdolar boshlanadigan sana e’lon qilindi

Odatda Apple taqdimotlarini seshanba kunlari o‘tkazadi va bu safar ushbu kun 14-sentabrga to‘g‘ri keladi

1 daqiqa o‘qish40 656 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IXBT

@LeaksApplePro niki ostidagi taniqli insayder iPhone 13 smartfonlar seriyasiga oldindan buyurtmalar qachondan qabul qilinishi va savdolar qaysi sanadan boshlanishini e’lon qildi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Apple’ning sentabr oyidagi tadbiri hozirda 37-haftaga rejalashtirilgan. Odatda Apple taqdimotlarini seshanba kunlari o‘tkazadi va bu safar ushbu kun 14-sentabrga to‘g‘ri keladi. Oldindan buyurtmalar 17-sentabrdan, savdolar esa 24-sentabrdan boshlanishi kerak.

iPhone 13 lineykasidagi eng ko‘zga ko‘rinarli o‘zgarish — qosh qismining kichraygani bo‘ladi. iPhone X taqdim etilganidan to‘rt yil o‘tib, Apple kompaniyasi frontal kamera komponentlarini kichraytirishga muvaffaq bo‘ldi. Asosiy kamerada uchta datchik joylashadi, ammo modulning o‘zi kattarishi mumkin. Asosiy kamera uchta 12 megapikselli tasvir datchigi va lazerli dalnomerni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, iPhone 13 Pro F/1,5 diafragmali obyektiv va yettita plastik linza bilan jihozlanadi.

Avvalroq Apple kompaniyasi o‘zining kelajakdagi mahsulotlari, jumladan, iPhone 13 smartfoni haqidagi ma’lumotlarning tarqatilishiga qarshi kurashayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar