Daryo

Gollivudcha detoks: Yulduzlar tomonidan sinalgan retseptlar

Detoks bu — tanada to‘plangan toksinlar, zararli moddalardan xalos bo‘lish, vitamin va minerallar yetishmovchiligini to‘ldirishga yordam berishdir

2 daqiqa o‘qish35 118 ko‘rishlar0 izoh0

Detoks bu — vazn yo‘qotishga qaratilgan diyeta emas, uning vazifasi tanada to‘plangan toksinlar, zararli moddalardan xalos bo‘lish, vitamin va minerallar yetishmovchiligini to‘ldirishga yordam berishdir. Quyidagi Gollivud yulduzlari sinovdan o‘tgan haqiqiy retseptlari bilan bo‘lishadi.

Gvinet Peltrou

Foto: Getty Images

“Men avokado, nuta, sabzi va zanjabildan sho‘rva tayyorlayman. Avvaliga nuta va sabzi yumshoq bo‘lguncha qaynataman, zanjabilni qirg‘ichdan o‘tkazib solaman, so‘ngra barcha mahsulotlarni blenderda ezib, pyure qilaman. Asosiysi, tuz va qalampir qo‘shmaslik!”

Beyonse

Foto: Getty Images

“Men oddiy, ammo juda foydali salat tayyorlayman va uni kun bo‘yi iste’mol qilaman: kinoa, ozgina qovurilgan yoki pechda pishirilgan qo‘ziqorin va avokado bo‘laklari solingan salat. Bu salat to‘yimli, mazali va ajoyib tarzda toksinlardan xalos qiladi”.

Viktoriya Bekhem

Foto: Getty Images

“Turmush tarzim — doimiy detoksdan iborat, lekin organizmni yaxshilab tozalamoqchi bo‘lsam, go‘sht va baliqdan, shuningdek, kislotaligi yuqori bo‘lgan mahsulotlardan voz kechaman – natijasi esa ajoyib”.

Keti Perri

Foto: Getty Images

“Detoksga zarurat sezsam, 24 soat davomida faqat ko‘k choy ichaman va karamni xomligicha iste’mol qilaman. Bunda buyraklar va jigar tozalanadi, o‘t pufagi normal holatga keladi,  organizmimga qanchalik yengillik bo‘lganini tezda his qilaman!”

Robin Louli

Foto: Getty Images

“2 dona muzlatilgan banan, 2 osh qoshiq ismaloq, 3 osh qoshiq bodom moyi, bitta nok va bir stakan sut. Hammasini aralashtirib, iste’mol qiling”

Haydi Klum

Foto: Getty Images

“Bodring va qovunli salat va kun davomida kamida uch litr suv tanani tozalaydi. Bu yengillik va kuch-quvvatni his qilishning isbotlangan usuli”.

Jennifer Eniston

Foto: Getty Images
“Men zararsiz oziq-ovqat yo‘qligiga ishonaman, barcha oziq-ovqat tarkibida toksinlar bor, chunki biz tutun va ifloslangan dunyoda yashayapmiz. Men uchun detoks kun bo‘yi suvda bo‘lish. Mana shu haqiqiy detoks” Mavzuga doir:

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar