Markaziy bank 9-iyuldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 5,71 so‘mga ko‘tarilib, 10 630,75 so‘mni tashkil qildi. Yevro 12,07 so‘mga ko‘tarilib, 12 580,43 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 22,48 so‘mga ko‘tarilib, 10 625,04 so‘mni tashkil qilgandi. Mamlakatda ushbu valyuta kursi qatorasiga uchinchi kun ko‘tarildi.
O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 8-iyul kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursini oshirdi. Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 10 620 so‘mga sotib olishni, 10 675 so‘mga sotishni taklif qilmoqda.
Izoh (0)