Daryo

Video: Qarshida svetoforning qizil chirog‘iga bo‘ysunmagan Damas Nexia bilan to‘qnashib, qizil chiroqda to‘xtab turgan Lacetti’ga zarar yetkazdi

“Mazkur holat bo‘yicha tan jarohati olganlar yo‘q. YTH yuzasidan Qarshi shahar IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deydi Ahror Usmonov

1 daqiqa o‘qish62 304 ko‘rishlar0 izoh0

Qarshi shahrida svetoforning qizil chirog‘iga amal qilmagan Damas Nexia bilan to‘qnashib, yo‘lning qarama-qarshi tomonida svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan Lacetti’ga zarar yetkazdi. Bu haqda “Daryo”ga Qarshi shahar IIB YHXB inspektori Ahror Usmonov xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 9-iyun kuni soat 05:00 da Islom Karimov va Nasaf ko‘chasi kesishgan chorrahada haydovchi Nurbek Tursunov boshqaruvidagi Damas “Vatanparvar bog‘i” yo‘nalishida harakatlanib kelib, svetoforning qizil chirog‘ida ham harakatini davom ettirgan va Nasaf ko‘chasidan “Qarshi” choyxonasi yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan haydovchi Laziz Muftillayev boshqaruvidagi Nexia bilan to‘qnashgan.

Shundan so‘ng boshqaruvni yo‘qotgan Damas qarama-qarshi yo‘nalishda svetoforning qizil ishorasida to‘xtab turgan haydovchi Nurbek Toirov boshqaruvidagi Lacetti‘ga zarar yetkazgan.

“Mazkur holat bo‘yicha tan jarohati olganlar yo‘q. YTH yuzasidan Qarshi shahar IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deydi Ahror Usmonov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq aynan shu chorrahada tezlikka rioya qilmagan “Jiguli” haydovchisi beton to‘siqdan “sakrab o‘tib”, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Nexia’ga urilgani va oqibatda haydovchi vafot etgani haqida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar