Daryo

Buyuk Britaniyada issiqlik elektr markazining sovitish minoralari portlatish yo‘li bilan buzildi (video)

Issiqlik elektr stansiyasi 2016-yilda yopilgan edi. Uning o‘rnida uylar qurish rejalashtirilgan

1 daqiqa o‘qish36 772 ko‘rishlar0 izoh0

Londonning Staffordshir tumanida Ragli issiqlik elektr markazining sovitish minoralari portlatish yo‘li bilan buzildi, deb yozmoqda Daily Mail.

Foto: Skrinshot

Buzish jarayoni besh soniya davom etdi. Balandligi 117 metr bo‘lgan sovitish minoralari Janubiy Staffordshirdagi eng ko‘zga ko‘ringan inshootlardan biri edi.

Ko‘mirda ishlaydigan elektr stansiyasi 1950-yillardan buyon millionlab uylarni elektr energiyasi bilan ta’minlab kelgan bo‘lib, mintaqaning ko‘mir sanoatidagi so‘nggi bo‘g‘inlaridan biri edi.

Issiqlik elektr stansiyasi 2016-yilda yopilgan edi. Uning o‘rnida uylar qurish rejalashtirilgan. Stansiyani buzish jarayonini amalga oshirgan Engie kompaniyasi portlash jarayonini ko‘rishni istaganlar uchun video translyatsiya tashkil qildi.

Mavzuga dior:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar