Daryo

Erondagi eng yirik neft zavodlaridan biri yonib ketdi (video)

Neftni qayta ishlash zavodida o‘n ming litrlab benzin solingan bak yonib ketgan

1 daqiqa o‘qish41 168 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Erondagi neftni qayta ishlash zavodida o‘n ming litrlab benzin solingan bak yonib ketdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: Reuters

Tehronning inqirozga qarshi kurash boshqarmasi rahbari Mansur Darajatining so‘zlariga ko‘ra, Eron poytaxtining janubiy qismidagi ushbu zavodda suyultirilgan gaz quvuri yorilishi sababli yong‘in kelib chiqqan.

Biroq qayta ishlash zavodini boshqaradigan Tehran oil refining Co kompaniyasi rahbari Sheyker Hafayi buzg‘unchilikka urinish bo‘lmagani, yong‘in chiqishiga ishdagi ehtiyotsizlik sabab bo‘lganini aytgan. Shuningdek, uning ta’kidlashicha, yonib ketgan bakda 20 ming barrelga yaqin benzin bo‘lgan.

Yong‘in natijasida yaralanganlar va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot berilmagan.

https://twitter.com/HeshmatAlavi/status/1400164943836729353?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1400164943836729353%7Ctwgr%5E%7Ctwcon%5Es1_c10&ref_url=https%3A%2F%2Ftengrinews.kz%2Fworld_news%2Fpojar-nachalsya-na-krupneyshem-npz-irana-439251%2F

https://twitter.com/HeshmatAlavi/status/1400109910344421381?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1400109910344421381%7Ctwgr%5E%7Ctwcon%5Es1_c10&ref_url=https%3A%2F%2Ftengrinews.kz%2Fworld_news%2Fpojar-nachalsya-na-krupneyshem-npz-irana-439251%2F

https://twitter.com/HeshmatAlavi/status/1400154165859557377?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1400154165859557377%7Ctwgr%5E%7Ctwcon%5Es1_c10&ref_url=https%3A%2F%2Ftengrinews.kz%2Fworld_news%2Fpojar-nachalsya-na-krupneyshem-npz-irana-439251%2F

Tehrondagi mazkur zavod mamlakatdagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biridir. U benzin, dizel yonilg‘isi, mazut va boshqa neft mahsulotlarini chiqarib, Eronda yonilg‘i ishlab chiqarishning taxminan 15 foizini ta’minlab beradi.

May oyi boshida Eronning Kum shahridagi kimyoviy zavodda yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in atrofida favqulodda holat e’lon qilinib, barcha tashkilotlar, shu jumladan, Islom inqilobi posbonlari korpusi, yong‘inga qarshi kurash uchun safarbar qilingan.

11-aprelda esa Erondagi Ahmad Roshan nomli uranni boyitish kompleksida elektr ta’minotini taqsimlash tizimida avariya sodir bo‘lgan. Eron Atom energiyasi tashkiloti rahbari Ali Akbar Solihiy tizimdagi nosozlik “yadro terrorchiligi” harakati tufayli yuzaga kelganini bildirgan. Ammo u mazkur harakatlar ortida qaysi kuchlar turgani borasida muayyan fikr bildirmaslikka qaror qilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar