Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Mali konstitutsion sudi polkovnik Assimi Goytani mamlakatning vaqtinchalik prezidenti etib tayinladi. Bu haqda sud qaroriga tayanib, Reuters xabar berdi.

Vaqtincha Mali prezidenti vazifasini bajaruvchi Assimi Goyta

Vaqtincha Mali prezidenti vazifasini bajaruvchi Assimi Goyta
Foto: “Reuters”

2020-yilda bo‘lib o‘tgan harbiy to‘ntarish natijasida Goyta vitse-prezidentlik lavozimini egallagan edi.

Sud qaroriga muvofiq, endi Assimi Goyta “mamlakatda o‘tish jarayoni tugaguniga qadar unga rahbarlik qiluvchi vaqtinchalik prezident” vazifasini bajaradi. O‘tish davri 2022-yil fevral oyiga belgilangan yangi prezidentlik va parlament saylovlariga qadar davom etishi nazarda tutilgan.

2020-yilning 18-avgust kuni Malida harbiy to‘ntarish sodir bo‘lgan edi, sentabr oyida esa mudofaa vaziri Bax Ndao vaqtinchalik prezident vazifasini bajaruvchi, Assimi Goyta vitse prezident etib tayinlangan edi. 2021-yilning 24-may kuni Bax Ndao va vaqtinchalik bosh vazir vazifasini bajaruvchi Moktar Uan harbiylar tomonidan hibsga olindi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Afrika va Yevropa ittifoqlari, G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy kengashi (ECOWAS), AQSh, Germaniya va Buyuk Britaniya Malida qo‘lga olingan siyosatchilarni zudlik bilan ozod etishga chaqirdi. Qo‘shma bayonot mamlakatdagi BMT missiyasi tomonidan tarqatildi.

Keyinchalik ular hibsda iste’foga chiqish haqida ariza yozdi. Shundan keyin ular ozod qilindi. Iste’fo bo‘yicha Ndao va Uandan hali rasmiy bayonot olinmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi