Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yoshining kattaligi farzandli bo‘lishga to‘siq bo‘lmagan yulduzlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Xloi Sevini — ilk marta 45 yoshida ona bo‘lgan

Foto: Vogue

Foto: Vogue

Mashhur aktrisaning homiladorligi aks etgan suratlar ilk bor 2020-yilda OAVda tarqalgan, keyinchalik uning o‘zi Instagram sahifasida darhaqiqat shunday ekanini tasdiqlovchi suratlar bilan bo‘lishgan. 2020-yilning mayida aktrisa va turmush o‘rtog‘i Sinish Makovich ota-ona bo‘lgan. O‘g‘liga Vanya Sevini Makovich deb ism qo‘ygan juftlik chaqaloq tug‘ilishi ularni juda ham baxtli qilganini ta’kidlagan.

Sheril Krou — ilk marta 45 yoshida ona bo‘lgan

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Hech qachon rasman turmush qurmagan Sheri 2007 va 2010-yillarda ikki marta farzand asrab olgan. Shaxsiy hayotini ko‘z-ko‘z qilishni yoqtirmaydigan aktrisa bir necha yil avval farzandlari Uayett Stiven va Levi Jeyms Krou bilan tushgan surati bilan bo‘lishib, ular hayotining ma’nosi ekanini ta’kidlagan

Lyusi Lyu — ilk marta 46 yoshida ona bo‘lgan

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Karyeraga mukkasidan ketgan Lyusi hech qachon turmushga chiqishga shoshilmagan. 2015-yilda aktrisa birinchi marta ona bo‘lganini ma’lum qilgan. Surrogat ona yordamida dunyoga kelgan farzandga Rokvell deb ism qo‘ygan. Lyusi Instagram sahifasida o‘g‘lining suratlari bilan bo‘lishib keladi.

Jina Devis — ilk marta 46 yoshida ona bo‘lgan

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Uch marta turmush qurib, ajrashgan aktrisa 2001-yil jarroh Rezi Jarrahi bilan tanishgan. Oradan uch yil o‘tib qizi Alize Keshvar dunyoga kelgan. Birinchi farzandi tug‘ilganidan ilki yil o‘tib egizaklar — Kian Uilyam va Kais Stiven dunyoga kelgan. Homiladorlik davri qiyin kechmaganini ta’kidlaydigan yulduz yoshi o‘tib farzandli bo‘lishga qaror qilganidan hech ham afsuslanmasligini qo‘shimcha qiladi.

Xolli Xanter — ilk marta 47 yoshida ona bo‘lgan

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Xolli ilk bor 2006-yilda ona bo‘lgan va egizak farzandlar — Klod va Pressni dunyoga keltirgan. Hayotini sir tutishga qanchalik urinmasin, OAV vakillari farzandini kadrga muhrlashga muvaffaq bo‘lgan.

Anjela Bassett — ilk bor 47 yoshida ona bo‘lgan

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

1997-yilda aktyor Kortni Bi Vensga turmushga chiqqan aktrisa uzoq vaqt davomida farzandli bo‘la olmagani sabab 2006-yilda surrogat ona yordamidan foydalanishga qaror qilgan. Yanvar oyida egizaklar Sleyter va Brinvin dunyoga kelgan. Bolalarni tarbiya qilish borasida fikrlari bilan bo‘lishib keladigan aktrisa farzandlariga tanlov borasida erkin bo‘lishi uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani muhayyo qilishini ta’kidlaydi.

Beverli D’Anjelo — ilk marta 49 yoshida ona bo‘lgan

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Anjelaning yoshi 49, qaylig‘i Al Pachinoniki esa 60 da ekani ularni farzandli bo‘lish uchun EKO muolajaga murojaat qilishdan to‘xtata olmagan. 2001-yil 25-yanvarda egizaklar Anton Jeyms va Oliviya Rouz dunyoga kelgan. Aktrisa uchun homiladorlik oson bo‘lmagan, uzoq muddat shifokorlar ko‘rigida bo‘lishiga to‘g‘ri kelgan va gormonlar qabul qilgan.

Janet Jekson — ilk bor 50 yoshida ona bo‘lgan.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Ikki marta turmush qurib, ajrashgan Maykl Jeksonning singlisi, va nihoyat, uchinchi turmushidan farzandli bo‘lgan. 2017-yilda chaqaloq dunyoga kelganidan keyin qatarlik biznesmen Vissam al-Man bilan ham ajrashgan. Onalik oson bo‘lmasa ham, yulduz kech ona bo‘lganidan afsuslanmasligini aytadi.

Kristin Devis — ilk bor 53 yoshida ona bo‘lgan

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Hali turmush qurmagan amerikalik aktrisa 2011-yilda Rouz Devis ismli qizni, oradan 7 yil o‘tib Uilson ismli o‘g‘il farzand asrab olgan. Bolali bo‘lish haqida allaqachon orzu qilgan aktrisa bu baxtning qanday bo‘lishini tasavvur ham qila olmaganini ta’kidlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi