Farzandlarining erta ota-ona bo‘lgani hisobiga nabirali bo‘lish baxtini boshqalardan avvalroq his etishga muvaffaq bo‘lgan shou-biznes vakillari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Alla Pugachyova

Alla ilk marta 42 yoshida buvi bo‘lgan. Uning to‘ng‘ich nabirasi Nikita 1991-yil 21-mayda tug‘ilgan. Uning yana ikki: Deni va Klavdiya ismli nabiralari ham bor.
Sofiya Rotaru

Birinchi nabirasi Anatoliy dunyoga kelganida xonanda 46 yoshda bo‘lgan. Hozirgi kunda modellik bilan shug‘ullanadigan nabirasi esa 2001-yilda dunyoga kelgan.
Nargiz Zokirova

Qo‘shiqchi 44 yoshida buvi bo‘lgan. Qizi Sabina dunyoga keltirgan farzandga Noy deb ism qo‘yilgan.
Vupi Goldberg

Mashhur teleboshlovchi Aleksandrani 18 yoshida dunyoga keltirgan. Qizi esa 16 yoshida ona bo‘lgan. Bu vaqtda Vupi 34 yosh bo‘lgan.
Jim Kerri

Qizi o‘g‘illi bo‘lganida aktyor 48 yoshda bo‘lgan.
Pirs Brosnan

Aktyor birinchi marta 45 yoshida buva bo‘lgan. 1998-yilda qizi Sharlotta o‘g‘il farzand dunyoga keltirgan.
Mik Jagger

Rolling Stones a’zosi 48 yoshida nabirali bo‘lgan, uning 22 yashar qizi Jeyd dunyoga keltirgan chaqaloqqa Lola deb ism qo‘yilgan.
Charli Shin









